Pirga qo‘l berganlar kimlar va ularni nega yomon ko‘rishadi?

Assalomu alaykum va raxmatullox Shayx xazratlari.Savol shunday bizni maxalla ikkiga bulinib namoz ukishadi ikkita masjidda men xam shu masjidlarning biriga kirib namoz ukib yurdim shunda ikkinchi tarafdagilar aytdi ukam senga raxmim kelyapti adashma bizni masjidda namoz ukigin deb sababi sen ukiyapgan masjiddagi domlang sufi, pirga kul bergan, ular arvoxlarga siginadi deb manga disklarini berib kursatishdi men nima kilishimni bilmay koldim sizdan katta iltimos tugri yulni kursatib bularni batafsil tushintirib bersangiz.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Imom aqiydada ahli sunna va jamoa mazhabida va bizning sharoitimizda, fiqhda hanafiy mazhabda bo‘lsa bo‘ldi. Toifachilarning gapiga kirmaslik kerak. O‘zingiz iqtido qilayotgan imom haqida ilmli va insofli odamlardan so‘rab surishtiring. Sizdan boshqalar ham o‘sha masjidda namoz o‘qishayotgandir.

27 Май 2022, 00:07 | Савол-жавоблар | 164 | Aqiyda
|
Boshqa savol-javoblar