Namozda o‘limni eslash mumkinmi?

Assalomu alaykum Hazrat, qilayotgan ishlarizni Alloh dargohida qabul qilgan bo‘lsin. Tan olish kerak, namozda xayollarim har xil narsalarga ketib qolaveradi (dunyoviy) o‘zim hohlamayman lekin iymon zaifligidanmi shunaqa bo‘laveradi, shunday hollarda ko‘z oldimga odamlar elkalarida ko‘tarib ketayotgan tobut va janozada jamoatning oldida turgan mayitni keltiraman, bir kuni mana shu narsa mening ham boshimga tushadi degan xayol bilan ozgina bo‘lsa ham namozdan halovat topaman. Hazrat namozda o‘limni eslash namozni buzmaydimi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Buzmaydi. Lekin siz Alloh taolo ko‘rib turganini his qilishga harakat qiling.

27 Май 2022, 00:07 | Савол-жавоблар | 146 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar