Qancha mahr berish kerak?
Assalamu alaykum Ustoz. Qimmatlik vaqtingizni olayotganim uchun kechiring. Sizdan iltimosim, ushbu savolimga javob bersangiz. Yigit bilan qiz nikohlanayotganda mahr miqorini 300 dollar qilib kelishishgan. Nilohdan keyin sahih hilvatda qolishgan, lekin qovushilmagan. Nikohdan oldin yigit qizga bundan keyin namozlarni kanda qilmaslikka, hijobda yurish, ro‘za tutish, eriga itoat qilish kabi shartlarni qo‘ygan. Qiz ham rozi bo‘lgan. Nikohdan keyin qiz hijobni inkor etgan. Namozni qariyb o‘qimagan. Ro‘zani tutmagan. Qiz bir necha bor hijobni inkor etgan. Undan so‘ng, qiz universitetga o‘qishga kirgan. Endi yigit unga taloq berib orani ochmoqchi. Shunga yigitda mahr berish muammo bo‘lyapti. Mahrni taloqdan oldin berish kerakmi yoki keyinchalik bersa ham bo‘ladimi? Mahrning eng kami 450-500 ming atrofida bersa farzni ado etgan bo‘ladimi? Yoki kelishganini berish farzmi? Avvalda tashakkur. Vaqtingizni olganim uchun avf etgaysiz.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Qachon bersa ham bo‘laveradi.
27 Май 2022, 00:09 | Савол-жавоблар | 171 | Oila va turmush
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Qachon bersa ham bo‘laveradi.
27 Май 2022, 00:09 | Савол-жавоблар | 171 | Oila va turmush