Jin tegdi

Bismillahir Rohmanir Rohim. Assalomu alaykum hurmatli Shayx xazratlari. Quyidagi holat bo‘yicha maslaxatingiz kerak edi. Bir yaqinimizning boshiga yomon ish tushib qoldi. U ayol kishi, ibodatda emas, 5-6 kundan buyon umuman boshqa insonga aylanib qolgan. Erini o‘lgan deyapti, qarindoshlarini ba’zilarini tanib, ba’zilarini tanimayapti, har xil majnunsifat gaplarni gapiryapti. Domlaga olib borishsa "jin kirgan" deb tashxis qo‘yibdi. Domla rasmiy imom, Qur’onni yaxshi yod olgan. Hozir shu domla o‘qiyapti. Ayolning ko‘krak qafasining pastrog‘ida bo‘rtiq paydo bo‘libdi, domla o‘qisa ana shu bo‘rtiq qimirlayotgan ekan. Domla doktorlarga olib bormaslikni maslaxat beribdi, chunki ayolni jinni xonaga olib ketishlari mumkin ekan. Yana bir narsani aytibdi, bir qizcha bor ekan, u qizcha jinni o‘ziga olar emish, domla esa dam solib jinni o‘sha qizchadan chiqarib yuborar emish. Ko‘p hollarda bu usul samara bergan ekan. Yuqoridagilardan kelib chiqib quyidagi ikkita savolni bermoqchi edim: 1. Dam solish va doktor muolajalarini birga olib borsa bo‘ladimi? 2. Qizcha yordamida qo‘llaniladigan usul haqiqatdan bor narsami? Iltimos Siz ham duo qilib qo‘ying, Alloh dardiga shifo berib, ibodatga kirgazsin. Sizga tashakkur.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Doktorga olib borish kerak.

27 Май 2022, 00:19 | Савол-жавоблар | 150 | Tabobat
|
Boshqa savol-javoblar