Jinlarni kuvlash

Assalom Alfykum, hazrat! Andijonda bir birodarimizning 13 yoshlik qiziga jin kirib olibdi deb bir taniqlik yosh imom domlani iltimos qilib olib kelishti. Domla kelgandan keyin xammamizning ishtirokida u kiz bilan gaplashib savol berdi. Domla u kizdan siz nimalarni kuryabsiz deb suradi , u kiz men uy ichida kupkina jinlarni kuryabman dedi. Domla ularni sanab chiking nechta ekan deb suradi.U kiz atrofga karab bir birlab sanab 27 ta ekan dedi. Shunda domla derazani ochib kuyinglar, men xozir ukishni boshlayman, men ukigan sari ular bittalab uchib chikib xovlidagi anavu tut daraxtiga kunishadi dedi. Domla ukishni boshladi, xar zamonda kizdan jinlar derazadan chikshyabtimi deb surab turar u kiz esa tasdiklab javob berib turar edi. Oxirida nechta koldi deb suraganda u kiz shkafni ustida bittasi koldi menga karab tilini chkaryabti dedi. Domla xozir u xam chikib ketadi, chikib ketgandan keyin menga ayting dedi. Kizcha xammasi chikib ketdi deganidan keyin domla oynani yopinglar dedi. Domla kizdan ular endi nima kilishyabti deb suradi, u kiz esa ular tut daraxtiga kunib olishdi ba’zilari menga mushtlarini kursatishyabti dedi. Domla men yana ukiyman xammasi uchib ketgandan keyin menga ayting deb yana ukishni boshladi. Bir oz vakt utib kizcha xammasi uchib ketti dedi. Shunda domla u kizga karab buldi ular endi xech kachon sizni oldingizga kelmaydi va sizga kurinmaydi dedi. Domla chikib ketayotib birodarimga bu ishni endi kizingizga eslatmang va bu tugrida boshka gaplashmanglar deb chikib ketdi. Birodarimning kizi xuddi uykidan turgandek guyo xech nima bulmagandek sogayib tuzalib koldi. Buni kanday tushinish mumkin?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Buni o‘sha jinkash domladan so‘rang.

27 Май 2022, 00:20 | Савол-жавоблар | 169 | Aqiyda
|
Boshqa savol-javoblar