Dinimizda irsiy kasalliklar haqida nima deyilgan?

Assalomu alaykum Shayx Hazratlari! Meni bir tanishim bor. Yosh yigit, taqvodor. Namozlarini ko‘pini masjidda o‘qiydi. Qur’onni yod olishga muhabbat qo‘ygan. Ko‘rkam, o‘ziga qarab yuradigan juda yaxshi yigit. Hunarmand, savdo bilan shug‘ullanadi. Yigitning onalari, ikki xolalari (Alloh rahmatiga olgan bo‘lsin) parkinson kasalidan vafot etishgan. Ikki tog‘asi ham shu kasalga chalingan. Shu yigit qiz jiyanimga odam qo‘yibdi. Uydagilar rad javobini berishibdi. Men hozir uyda emasman. Bo‘lganimda ham bu masalani kattalar hal qilishardi. O‘ylanib qoldim. Dinimizda irsiy kasalliklar haqida nima deyilgan? Javobingiz uchun oldindan rahmat. Sizni Allohning roziligi uchun yaxshi ko‘ruvchi shogirdingiz Rozilik. Assalomu alaykum.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Bu diniy masala emas, tibbiy masala.

27 Май 2022, 00:26 | Савол-жавоблар | 166 | Tabobat
|
Boshqa savol-javoblar