Zakot berish mumkunmi
Assalomu alaykum! Bizda xar oy ipoteka kredit bor, turmush o‘rtog‘im yiqqan pulim borligini bilmaydilar, zakotni xo‘jayinimga chiqarsam bo‘ladimi yoki bo‘lmasam qaynonam 1 xonalik uyda turadilar. 3.5 mln oylik oladilar, qaynotam qandli diabet, ishlamaydilar. 2 ta qaynim ishlaydi lekin kontrakt o‘qiydi. Qaynonam 3ta kontrakt to‘laydilar, yana to‘ydanam qarzlari bor. Zakotni qaynonamga chiqarsam bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Xotin o‘z eriga zakot berishi joiz emas. Qaynonaga esa zakot berish joiz. Faqat qaynonangizni zakot olishga haqli faqirlardan ekanini aniqlashtirib oling. Agar 85 gr tillasi, yoki nisob miqdoridagi puli, yoki qiymati shunga etadigan tijorat moli, yoki hojatidan oshiqcha bo‘lgan, qiymati nisobga etadigan mulki bo‘lsa zakot olishi halol emas. Vallohu a’lam!
15 Июн 2022, 10:43 | Савол-жавоблар | 159 | Zakot