Ibn Sino haqlarida
Assalomu aleykum Hurmatli va Muhtaram Shayh hazratlari. Alhamdulillah halqimiz Sizdek ustozga ega va Alhamdulillah Internet orqali ancha narsani bilib olish imkoniyati bor. Alloh umringizni uzoq qilsin. Internetdagi forumlarning birida tojikistonlik bir birodarning yozgan narsasi meni hayron qoldirdi. Gap Hazrat Umar Hayyom haqlarida edi. Mazkur birodarning aytishicha, Umar Hayyomni qaysidir domlolar tahqir qilar ekanlar, sababi - Umar Hayyom Ibn Sinoning falsafasini olg‘a surar emishlar. Davom yozib deydiki, Ibn Sino deydikim, AGAR SABAB ALLOH BO‘LSA VA SABABNING MAHSULI DUNYO BO‘LSA, SABAB (ALLOH) BOQIY, YA‘NI ABADIY BO‘LSA, DUNYO HAM BOQIY BO‘LADI. Va shu falsafani Imom G‘azzoliy r.a. BU QUR‘ONGA ZID NARSADIR deganlar, deydi.Men aytdim, birodar bunday dema, ular hammalari Allohning do‘stlari, va meni ham o‘sha forumda ko‘pchilik qo‘lladi. Men so‘radim, Imom G‘azzoliyning qaysi kitobida shu narsa yozilgan deb. U birodar javob yozib, Imom G‘azzoliy "Tahofut-ul falosif" kitobida va Hazrat Jomiyning "Luj‘at-ul asror" dostonlarida Ibn Sinoni tahqir qilib, Ibn Sinoni gaplari bid‘at va kufrdir. Menga ishonmasang, shu adabiyotlarga murojaat qil deb yozdi.Rostini aytsam men bu narsalarga ishonmayman. Lekin mazkur adabiyotlar menda mavjud emasligi sababli Sizga murojaat qilishga majburman. Savol: 1. Tojikistonlik birodarning gaplari rostmi? Agar rost bo‘lmasa mazkur birodarning aqidasini tuzatish uchun Sizdan dalil keltirishni iltimos qilar edim.Javob uchun oldindan tashakkur. Assalamu aleykum varahmatullohi vabarakatuh.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Faylasuflar bilan ulamolar orasida bu kabi tortishuvlar ko‘p bo‘lgan. Bu kabi narsalar haqida “Aqoid ilmi va unga bog‘liq masalalar” degan kitobimda so‘z yurtiligan. O‘sha kitobni o‘qisangiz, masalani tushinishingiz mumkin bo‘lar degan umiddaman.
27 Май 2022, 00:33 | Савол-жавоблар | 137 | Adabiyot