Shifo so‘rab duo qiling iltimos

Bismillahir rohmaniyr rohiym. Assalomu laykum Hurmatli Shayx xazratlari. Ikki-uch yildan buyon ayolim bir dard bilan og‘riydi. So‘ngi paytlarda shu dardi kuchaymoqda. O‘zim dam solib turaman, tabibga olib borib davolatmoqdaman, har kuni Allohdan shifosini so‘rab duo qilaman, lekin haligacha shifo topmayapti. Alloh bir kun kelib duoimni ijobat qilib, ayolimning dardiga shifo berishiga ishonaman, shundoq bo‘lsa ham, Sizdan iltimos ayolimning haqqiga duo qiling. Men Sizni duosi ijobat bo‘ladigan insonlardan deb bilaman. Sizga tashakkur.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Alloh taolo ayolingizning dardiga shifo ato qilsin!

27 Май 2022, 00:43 | Савол-жавоблар | 170 | Tabobat
|
Boshqa savol-javoblar