Muminning bir kuni

Assalomu Alaykum Shayx xazratlari. Alloxning rizoligi va Islom dinining rivoji uchun kilayotgan mashakkatli mexnatingizni bardavom kilsin va shunga yarasha ajrini bersin Amin. Shayx xazratlari xar bir odam xar bir olgan nafasi uchun javob beradi. Shuning uchun xar bir inson xar kunni kanday utkazish kerak? xar bir vaktni kanday taksilash? uzini kanday tutish? kachon kaysi duolarni ukish? kachon istigfor atish kerak degan savollarga oila tashvishi bilan dunyo ishlaridan xolos bulish kiyin bir vaziyatda javob berish juda kiyin bulib koldi.Bu savol buyicha xam avval murojat kilganman negadir kunglim tulmadi shuning uchun yana savol bilan murojat kilyabman sababi sizdan nimani suryotganimni yanada tushintirish imkoni tugildi.Sizning Ruxiy tarbiya kitobingizning Poklanish bobidagi Xusni xulk mavzusini ovozli (mr3) lavxasini tiglayotib Imomi Nasa’iyning "Amalil yovmi va layla " deb nomlangan kitobida bir odamning birkunlik amali yozilganligi xakida gapirib utdingiz. Shu kitobning uzbek tiliga sharx kilib tarjima kilingani bormi yoki uzingizning shu mavzuga oid kitoblaringiz bulsa olib ukib unga kuldan kelganicha amal kilardim inshaallox?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- “Mukammal saodat yo‘li” kitobini o‘qing.

27 Май 2022, 00:43 | Савол-жавоблар | 147 | Ruhiy tarbiya
|
Boshqa savol-javoblar