Halol va xarom kasb
Bismillahir Rohmanir Rohim!Assalamu Alaykum Shayx hazratlari!Allohdan sizga va ahlingizga eng ezgu tilaklarni so‘ragan holda maktubim mazmuniga o‘tsam.Yaqin yillargacha oilamiz shariat ahkomlaridan ancha uzoq holatda edik. Hali ham asoratlari bor. Sizni asarlarinigiz va suhbatlaringiz, hamda atrof muhitda o‘zimizga tegishli salbiy voqea va musibatlar ro‘y berib va ularga ibrat ko‘zi bilan qarashimiz sababidan Alhamdulillah sekin asta islomning mohiyatini tushinish oilamizda sezilmoqda. Uyimizda deyarli sizning hamma asarlaringiz bor. Sekin asta ularni mutoala qilyapmiz.Hazrat hozir sizga yo‘llayotgan savolining asli javobini ko‘pchilik bilishadi. Lekin bu maktubni dadamga bermoqchi edim, chunki bo‘layotgan holatni to‘g‘ridan to‘g‘ri dadamni o‘zlariga aytishga jur’at qilolmadim. Dadam boshimizga tushgan musibatlardan so‘ng namozga ham kirganlar. Ayni vaqtda namoz ham o‘qib turadilar. Ichmaydilar.Yaqin qarindoshlarimizdan biri katta bir Aroq zavodining rahbari. U kishi bu erga rahbar bo‘lib tayinlanganlariga qadar, bizga ko‘p yordam qo‘lini cho‘zgan. Ayniqsa boshimizga og‘ir musibat tushgan paytlarda ham. Yaqinda o‘sha qarindoshimiz Aroq zovodiga rahbar bo‘ldilar va Dadamni qurilish ishlari bo‘yicha shu zavodda ko‘mak berishlarini so‘rabdilar. Dadam rozi bo‘libdilar. Buni eshitib juda qattiq xafa bo‘ldim, kimga nima deyishni bilmay yurib, avval onamga mana, Sizga murojat qiyapman. Onam ham namoz o‘qiydilar. Onamga: “Nega Dadam bu ishlari haromligini bila turib rozi bo‘ldilar” desam. Onam: “O‘g‘lim men ham Dadanga tushuntirdim. Dadang ham bilib turibdilar. Lekin Dadang, o‘sha qarindoshimiz bizga ko‘p yordam qilganligi, eng asosiysi u kishi qarindoshimiz bo‘lganligi uchun o‘rtamizdagi silai rahmni saqlash, shuningdek, u kishidan katta qarzlari borligi uchun “Yo‘q” deyya olmabdilar” deb aytdilar. Qanchada- qancha yoshlarning va kattalarning baxtining qarosiga, qanchadan-qancha oilalarning buzilishiga, jamiyatimizning jar yoqasiga kelishiga sabab bo‘layotgan bu balo joyda ishlash qanchalik noto‘g‘ri ekanligini Dadamga tushintirishimga jur’atim etmayapti. Onam orqali aytishga harakat qildim, samarasi bo‘lmadi. Aniqrog‘i nojo‘ya gapirib Dadamni qalblarini og‘ritib qo‘yishdan qo‘rqdim. Yoki Dadam: “Shu zavodning ichidagi qurilish ishlari aroq ishlab chiqarishga bog‘liqmas” degan gumondamikinlar, bilmadim. Nima bo‘lganda ham shu zavodda ishlayaptilar. Maoshlari ham shu zavod nomidan beriladiku.Hazrat, Sizdan iltimos, Dadamning holatlari qanchalik Islom shariatiga qolaversa, ijtimoiy hayotimizga nomuofiq ekanligini yoritib bersangiz va yana shunday holatda qarindoshlar bilan silai rahmni qanday saqlab qolish va shunday holatda ularga qanday javob aytish kerakligi to‘g‘risida ham ko‘rsatma bersangiz.Dadam o‘sha zavodda faqat qurilish ishlari bilan shug‘illanadilar. Kasblari quruvchi-injiner. Sizdan yana bir iltimosim, oilam, qarindosh urug‘larimiz vaqt, zamon, makonning o‘sha paytdagi salbiy ta’siridanmi, Alloh bilguvchi, Islom axkomlardan ancha uzoqdalar. Katta bir qarindoshlar orasida namoz o‘qiguvchilar qo‘l bilan sanagulik. Hatto qavmimizning bir kattasi ham yo‘q.Hazrat bizni Siz bilan zamondosh qilgan Allohga hamdlar va sanolar bo‘lsin. Biz ishonaman sizning duolaringizni Alloh rad etmaydi, vaqti saoti bilan Insha Alloh albatta ijobat bo‘ladi. Iltimos, meni, oilamni va qarindoshlarim haqqiga ham duo qilsangiz. Bizning ham zurriyotlardan Alloh rozi bo‘ladigan, ummatga, jamiyatga, vataniga manfaati etadigan qorilar, qoriyalar, imomlar, ilm ahllari etishib chiqshini so‘rasangiz.Alloh sizni va ahlingizni o‘z panohida saqlasin!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Alloh taolo sizni, oilangizni va qarindoshlaringizni o‘zi asrasin! Alloh taolo sizning zurriyotlaringizdan ham Alloh rozi bo‘ladigan, ummatga, jamiyatga, vataniga manfaati etadigan qorilar, qoriyalar, imomlar, ilm ahllari etishib chiqshini nasib etsin.- Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam xamr(aroq)da o‘n(kishi)ni la’natladilar: uni siquvchisini, siqishni buyurganni, ichuvchisini, hammolini, ko‘tartirib yuruvchisini, quyib beruvchisini, sotuvchisini, bahosini eyuvchisini, sotib oluvchisini va sotdiruvchisini». Termiziy va Abu Dovud rivoyat qilishgan.Sharh: Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning davrlarida mast qiluvchi narsa xamr, deb atalib, asosan, uzum va xurmoni siqib olinadigan ichimlikdan iborat edi. Undan boshqa yana uchta narsa ham bor edi, lekin ulardan xamr olish ozroq edi. Keyinchalik, mast qiluvchi narsalarning turi ham, ismi ham ko‘payib ketdi. Ammo baribir ularning hammasi turi va ismidan qat’i nazar xamr hukmini olaveradi. Chunki Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam har bir mast qiluvchi narsa xamrdir va u haromdir, deganlar.Shuning uchun hozirgi kundagi barcha mast, kayf qiluvchi narsalar xamr hisoblanib, ularni ichiladimi, chekiladimi, hidlanadimi, igna bilan yuboriladimi, farqi yo‘q. Aroqmi, viskimi, morfimi, nashami, geroinmi, qoradorimi bularning hammasi harom. Hammasi uchun o‘n toifa odam Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning tillaridan la’natga uchraydi. Allohning rahmatidan quviladi. Keling, o‘sha o‘nta badbaxt toifa bilan tanishib chiqaylik:1. Siquvchi. O‘sha vaqtda xamrni siqib tayyorlangani uchun shundoq deyilgan. Bu so‘zni bugungi kunimiz tilida aytadigan bo‘lsak, tayyorlovchisi, deymiz. Demak, mast qiluvchi ichimlik va moddalarni tayyorlovchilar Allohning la’natiga uchraydilar. Ular uchun bu dunyodagi barcha tuzumlarning la’nati, qamog‘i, turli jazolari etarli emas. Oxiratda Alloh taolo uni do‘zaxga ham soladi.2. Siqishni buyurganni.Bu toifa birinchi toifadan ham yomondir. Chunki birinchi toifani ishga soladigan ham shu toifadir. Insonlar uchun zararli bo‘lgan turli mast qiluvchi ichimliklar va turli sarxush qiluvchi moddalarni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yuvchilar shulardir. Bularga ham Allohning la’nati bo‘ladi. Ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish uchun buyruq berganlar ham shular qatoridadir.3. Ichuvchisini.Eng asosiy aybdor toifa shu toifadir. Qolgan to‘qqiz toifa ham shu toifa uchun harakat qiladi. Ushbu ma’lum toifaning pulini olishga harakat qiladi.4. Hammolini.Mazkur harom narsaga hammollik qiluvchi kishi ham Allohning la’natiga sazovordir. Xom ashyoni tayyorlash, joyiga olib borishda hammollik qiladimi yoki tayyorlash joyidami, sotish joyidami yoki sotish joyidan iste’mol joyigami baribir. Hozirgi kunda butun dunyo qarshi kurashayotganiga qaramay, la’nati hammollarning faoliyati tufayli qoradori va unga o‘xshash harom narsalar butun dunyo bo‘ylab keng tarqalmoqda. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam ularni behuda la’natlamagan ekanlar.5. Ko‘tartiruvchisini.Aroq va uning hukmidagi harom narsalarning hammollarini ishga soluvchi, ularga pul berib ishlatuvchi ham Alloh taoloning la’natiga uchraydi.6. Quyib beruvchisini.Bu ham xamr va uning hukmidagi narsalar ravnaqi uchun xizmat. Shuning uchun bu ishni qiluvchi odam ham la’natga uchraydi. 7. Sotuvchisini.Xamr va xamr hukmidagi barcha narsalarni sotuvchilarning hammasi ham Allohning la’natiga duchor bo‘ladilar. Alloh taolo harom qilgan narsani sotgandan keyin boshqa narsa bo‘lishi ham mumkin emas. Hozirgi kunimizda mast qiluvchi ichimliklarni, giyohvand moddalarni sotuvchilar insoniyatga qanchalar zarar keltirishlari yana ham yaqqol namoyon bo‘lib turibdi. Insonlar chiqargan qonunlar qonun chiqaruvchilarga zarar keltirmaydigan narsani sotganlarni jazolamaydi. Misol uchun, hozir faqat giyohvand moddalarni sotadigan qochoq savdogargina jazoga tortiladi. Kelajakda bu moddalarni ham mast qiluvchi ichimliklar kabi qonunlashtirib olishlari hech gap emas. Ilohiy qonunlar esa, insoniyatga zarar etkazuvchi har bir narsani sotganni jazoga loyiq deb topadi. Bu holni yaxshi tushunmog‘imiz lozim.8. Bahosini eyuvchisini.Xamr va xamr hukmidagi barcha mast qiluvchi narsalarning bahosini egan kishi kim bo‘lishidan, qaysi yo‘l bilan eyishidan qat’i nazar Alloh taoloning la’natiga sazovordir. Bundoq harom narsaning bahosini egan odam, darhaqiqat, shunga munosibdir.9. Sotib oluvchisini. Xamr va uning hukmidagi harom, mast qiluvchi narsalarni sotib oluvchi, o‘zi ularni iste’mol qiladimi-yo‘qmi, baribir, gunohkordir. Mazkurlarni sotib olish o‘sha harom narsalarning rivojiga hissa qo‘shmoqdir. Bu esa Allohning la’natiga sabab bo‘luvchi ishdir. 10. Sotdiruvchisini.Mazkur mast qiluvchi narsalarni bevosita sotmasa ham uni sotdiruvchi kishilar Allohning la’natiga qoladi.Ko‘rinib turibdiki, xamr va uning hukmidagi barcha mast qiluvchi ichimlik va moddalarning yaqiniga borish ham mo‘min-musulmon odam uchun umuman to‘g‘ri kelmaydi.Shu ma’nodagi ishlarni o‘ziga kasb qilib olgan yoki goh-gohida bo‘lsa ham aralashib turadigan kishilar darhol bundan chetga o‘tishlari lozim. Aks holda, Allohning la’natiga qoladilar.
27 Май 2022, 00:47 | Савол-жавоблар | 133 | Halol va harom