Mulk masalasi

Assalomu alaykum va rohmatullohi va barokatuhu muhtaram Shayx Hazratlari! Ramazon oylaringiz muborak! Savol: Men bunday holatga tushib qolishimni hech o‘ylamagan edim... Sizdan iltimos oydinlik kiritib bersangiz. O‘zim boshqa viloyatdan kelganman va Toshkentda taxsil olib ishlab qolib, uyli joyli bulganimdan keyin Toshkentlik bir qizga uylanganman. Bular albatta ota-ona roziligi bilan bulgan. Shu vaqtgacha doimiy ravishda Toshkentda ro‘yxatdan (propiska) utmaganman, tuyimizdan keyin bilsangiz bir qonun chiqdi va ro‘yxatdan o‘tmaganlar uchun katta imkoniyatlar yaratildi. Bulardan biri er yoki xotin Toshkentda doimiy ravishda ro‘yxatdan o‘tgan bulsa va bir yildan ortiq yashashgan bulsa ikkinchi taraf (ro‘yxati yo‘q) Toshkentga doimiy ro‘yxatga o‘tishga xaqli buladi. Endi, bizning oilada xam shunday imkoniyat tug‘ildi va men bunga xarakat qila boshladim. Uy o‘zimning nomimda emas, shuning uchun ayolimning nomiga uyni rasmiylashtirib keyin o‘zim ham shu erga ro‘yxatga o‘tishga maqsad qildim. Bu masalada ota-onam bilan bir necha bor gaplashdim, ya’ni shunday shunday qilmoqchiman, imkoniyat tug‘ildi deb. Bunga otam - "Yaxshi, xarakatingni qilaver. Ortga so‘rma, imkoniyat borida qilish kerak", dedilar. Endi muammo nimada: To‘satdan otam qo‘ng‘iroq qilib (ota-onam to‘g‘ilgan shaxrimda istiqomat qiladilar): "Bizni fikrimizni bilmoqchi bo‘lsang, biz bu ishni ma’qulamaymiz. Uyni o‘zingni nominga rasmiylashtir" - dedilar. Bunga men: "Iloji yo‘q chunki men ro‘yxatdan o‘tmaganman. Oldinroq aytsangiz bo‘lmasmidi" - desam. "Bulmasa boshqa odam top. Men bunday gapni esla olmayman" - dedilar. Balkim... Yoshlari o‘lug‘ eslaridan chiqqan yoki e’tibor bermaganlar. Yo Robbim... Boshim shunday joyida karrax bo‘ldi, qotdi! "Sababini tushuntiring bulmasa men qabul kila olmayman. Meni tupikga tiqib quydingiz", desam. "Bu - behosiyat. Onang bilan maslahat qildik, gapimiz shu", dedilar xolos... Hazrat, bu nima bo‘ldi? Bid’atmi? Yoki nima? Ayolim risoladagidek - xushmoamala, farzandimiz bor, ota onamni xo‘rmatini joyiga qo‘yadi (o‘zim to‘xtamay shuni talab qilaman), itoatli, besh vaqt namozni kanda qilmaydi, ro‘zani imkoniyati bo‘lganda tutadi, ko‘chaga satrlanmasdan chiqmaydi (shu satrlanishiga xam onam bir ikki qarshilik qilgan edilar, xayron qolgan edim. Buni nimasi yomon?)...Mayli bu bid’at bo‘lganda ham, otam xurmati. Lekin endi, men erkak kishi gaplarimdan qaytsam - kim buldim? Ayolim buni qanday qabul qiladi? Ishonchsizlik bildirib o‘rtani sovutib qo‘ysam oila nima bo‘ladi? Men oilamni juda qadrlayman... Hazrat, shariatni hukmi bu masalada qanday? Bo‘lmasa maslaxat bering, iltimos. Oxirgi paytda oldinlari ko‘p hato qilganim uchun, faqat shariatga qarab ish qiladigan bulib qolganman. Qiyin savol bergan bo‘lsam ming bor uzur, uzur, uzur... Hurmat va ehtirom ila, shogirdingiz...
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Sizning ixtiyoringizda.

27 Май 2022, 00:54 | Савол-жавоблар | 165 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar