Mahrda tortishuv
Assalomu aleykum Shayh Hazratlari.Kasbim tadbirkorlik, savdo sohasida. Yaqinda alhamdullah o‘ylandim. Kasbim bo‘yicha vaqtimni safarda, har xil davlatlarda o‘tkazaman. To‘yimizdan ikki oy o‘tib, ish majburiyati bilan uzoq davlatda 4-5 oylik safarga hamkorlarim bilan ketdik. Ayolim Mahrni to‘ydan kein aytaman degandi. Man rozi bo‘lgandim. Ketganimdan hali bir oy o‘tmasdan, ayolim mahrni eslab qoldi. Topish tutishim alhamdullah yaxshi bo‘lganliki uchun uni hech narsaga zoriqtirmayapman, unga qimmat tilla taqinchoqlardan tortib, zamonavij uy jihozlarigacha olib berdim. Lekin u bularni e‘tiborga olmasdan, manga boshqa talabni qo‘ymoqda.U ham bo‘lsa - ishdan voz kechib, uni yonida doimo bo‘lishim yoki qaerga bormay uni o‘zim bilan birga olib borishim. Paygambarimiz s.a.v. o‘rgatgan sunnatlariga muvofiq uni ikki oydan ziyot kutdirib qo‘ymasdan vatanga borib kelish niyatim bor inshaallah.Iltimos, shu masala oydinlik kiritsangiz. Mahrni Va‘da ( so‘z berish ) yoki ayolim hohlagandek yo‘l bilan hal qilish mumkinmi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Mahrni kelishib bering. Xotinning sizga aytgan sharti noto‘g‘ri.
27 Май 2022, 00:55 | Савол-жавоблар | 155 | Oila va turmush
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Mahrni kelishib bering. Xotinning sizga aytgan sharti noto‘g‘ri.
27 Май 2022, 00:55 | Савол-жавоблар | 155 | Oila va turmush