Laylatul Qodirni kutish
Assalomu alaykum ustoz Odinahon. Sizni savol bilan bezovta qiliyapman, savolimda hato va kamchiliklar o‘tsa oldindan sizdan uzur so‘rayman. Laylatul qodirda etikofda o‘tirish kerakligini eshitganman, lekin qanday o‘tirilishini biror ilimlik insondan eshitmaganman. Sizdan iltimos manga shuni osonroq tushunishimda yordam bering. Biz hozir oilammiz bilan Rossiyadamiz, bu erda hozirgi vaqtda Shom namozi 22.12da, Hufton namozi 00.30da, Bomdod esa 3.55da bo‘ladi, biz oilammiz bilan iftorlikni qilib bo‘lib biroz uhlab olamiz masalan kechasi soat 2.00gacha sababi ho‘jayinim va o‘g‘lim kundizi ishlab charchashadi, ular bilan jamoat bo‘lib o‘qiylik deb ularni kutib man ham uhlab qolaman. Aytingchi shunday bir uhlab turib keyin to quyosh chiqib bo‘lguncha etikofga niyat qilsam Laylatul qodir kunini kechasi bedor o‘tkizgan bo‘lamanmi? Dinimmiz yo‘lida qilayotgan ishlaringizdan Olloh rozi bo‘lsin
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
muslimaat.uz saytida laylatul qodr va e’tikof haqida maqolalar qo‘yganmiz. ramazon bo‘limida. batafsil yozilgan. laylatul qodr kechasi uxlab bo‘lmaydi.
27 Май 2022, 00:59 | Савол-жавоблар | 154 | Ayollarga oid masalalar