ihtilof
Assalomu alaykum. Hazrat, bizga malumki bugungi kunga kelib chekishni olimlarimiz (mazhabdagi olimlarni nazarda tutdim) haromligini takidlashmoqda va buni hususan sizni eshittirishingizda ham eshitganmiz. Lekn, bir inson (madrasada őqigan) makruh deb qatiy takidlamoqda (internet orqali va uni gaplarini kopchilik őqiwi m.n) va Zavorij, Raddul Muhtor, Durrul Muhtor, G‘oyatul Bayon, Assulhu baynal Ihvan al Uquddurriyalardan dalillar keltirmoqda. Biz ham unga, bugungi kunga kelib chekishni zararlari yaqqol ochilgandan kegin harom deb fatvo berilgan desak, u qaysi olimlar shu gapni etgan degan manoda sőramoqda. Siz muhtaramdan iltimosimiz, qaysi mazhab olimlari harom deyishganligini va ularni bazilarini nomlarini bizga zikr qilsangiz va biz ushbu masalaga oydinlik kiritsak.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
KAShANDALIKNING HUKMIOdamlar ichida chekish boshlangandayoq uning hukmi haqida savollar ham paydo bo‘lgan. Bu narsa bizda yo‘q edi, ajnabiy yurtlardan kelib, tarqalib qoldi. Uni chekishning hukmi qanday deb so‘raganlarida, fuqaholarning bunday savolga bergan javoblari har xil bo‘lgan. Ba’zilar «Bu narsa harom» deyishgan. Boshqalar, “zarari yo‘q” deyishgan. Uchinchilari “makruh, makruh bo‘lganda ham makruhi tahrimiy”, degan va shunga o‘xshagan ixtilofli javoblar berilgan. Mazkur javoblar hozirgi kungacha turlicha bo‘lib kelayotgan edi. kimdir, hechqisi yo‘q, desa, boshqasi bo‘lmasa kerak, der edi. Yana biri, bu borada aniq va hujjatli gapni eshitmadik, der edi. Ammo hozirda o‘sha qadimiy ulamolarning chiqargan fatvolari bilan astoydil tanishish imkoniga ega bo‘lindi. Tamaki mahsulotlarini iste’mol qilish harom, deb fatvo chiqargan ulamolar ichida eski hanafiy ulamolardan, shayx Sharnaboliy, Mas’udiy va «Durrul Muntaqo» nomli kitobning sohibi ham tamaki mahsulotlarini iste’mol qilish musulmon odam uchun harom degan fatvo berishgan. Hanafiy ulamolarning eng mashhurlaridan Ibn Obidiyn rahmatullohi alayhi tamaki iste’mol qilishni “makruhi tahrimiy” deb e’lon qilgan. Shuningdek, molikiy mazhabidan ham ko‘pgina ulamolar tamaki mahsulotlarini iste’mol qilish harom degan fatvoni chiqarganlar. Ana shu molikiy mazhab ulamolarining ichida Solim Sanhuriy degan zot, Ibrohiym Laqqoniy, Muhammad ibn Abdulkarim al-Fakkun, Xolid ibn Ahmad va Ibn Hamdun va boshqa bir qancha ulamolar, molikiy mazhabining tamsilchilari o‘laroq, tamaki mahsulotlarini chekish harom degan fatvo chiqarganlar. Shofe’iy mazhabi ulamolaridan Najmuddiyn G‘azziy, Qalyuniy, Ibn Allon va boshqa bir qancha ulamolar ham tamaki mahsulotlarini iste’mol qilish, harom deb fatvo chiqarganlar. Hanbaliy mazhabi ulamolaridan shayx Ahmad Bahutiy, shuningdek, Najdning ba’zi ulamolari tamaki mahsulotlarini chekish harom deb fatvo chiqarganlar. Ularning ba’zilari shu masalaga atab alohida risolalar yozishgan. Tamaki mahsulotlarini iste’mol qilish harom deb fatvo chiqargan ulamolarning hujjat-dalillari.Mazkur ulamolar bir necha dalillarni keltirganlar. 1. Tamaki mahsulotlarini iste’mol qilishni boshlagan paytda odamni sarxush qiladi. Yangi cheknish boshlayotgan odam mast bo‘ladi. Keyinroq o‘rganib qolib, borib-borib, chekkanda mast bo‘lmaydigan holatga keladi. Dastlabki paytda mast qildimi, demak tamaki ham mast qiluvchi narsalar qatoriga kiradi, deb aytishga imkon bor. 2. Tamaki aqlga ta’sir qiladi. Chekmasa, siqilib, har xil holatlarga tushadi. Cheksa, biroz miyasiga, aqliga ta’sir qiladi. Aqlga salbiy ta’sir qilgan narsa Islomda haromligini hamma yaxshi biladi. Shuning uchun, bu narsani harom deb fatvo chiqarilgan. Bu fikrga qarshi chiqqanlar: «Yo‘q, bu tamaki mast qilmaydi, odamni biroz bo‘shashtiradi, chekkan odamning asablarida, tanasida biroz bo‘shashish his qilinadi. Buni mast qilish deb bo‘lmaydi» deb raddiya berishgan. Shunda harom deb fatvo berganlar: «Xuddi ana o‘sha bo‘shashtirishining o‘zi uning haromligiga dalil» deyishgan va Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan bir hadisi sharifni keltirishgan.Ummu Salama roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi:«Nabiy sollallohu alayhi vasallam har bir mast qiluvchi va bo‘shashtiruvchidan qaytardilar».Imom Abu Dovud rivoyat qilgan.Demak, tamaki bo‘shashtiradimi? Unday bo‘lsa Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam bundan nahiy qilganlar. U kishi bo‘shashtiruvchi modda harom bo‘lmasa, nahiy qilmasdilar. Demak, insonning jasadida, ruhida, aqlida, asabida bo‘shashishlikning sababchisi bo‘ladigan narsa, albatta Islomda to‘g‘ri kelmaydigan, harom qilingan narsa hisoblanadi. Shuning uchun, ulamolar Ummu Salama onamiz rivoyat qilgan hadisni tamakining haromligiga ochiq-oydin dalil bo‘ladi, deb aytishgan.3. Tamaki mahsulotlarini iste’mol qilgan odamning badaniga ham, aqliga ham, molu mulkiga ham zarar etadi. Badaniga va aqliga zarar etishi sog‘liqning ketishi bilan bo‘ladi. Chekish oqibatida turli kasalliklar kelib chiqayotganligi hammaga ma’lum. Moli ketishi – tamakiga ishlatilgan mol zoe ketadi. Juda katta miqdordagi mol behuda ketadi. Odamlar bu narsani uncha ko‘p deb hisoblamaydilar. Har kim bir quti, bir quti olayotgan bo‘lsa, ko‘ziga katta pul bo‘lib qo‘rinmaydi. Lekin milliyonlab insonlar tomondina bir kutidan olib turilgandan keyin bu davlatga, xalqqa juda katta zarar bo‘ladi. Tamaki chekuvchilarning yuragi kasal bo‘lishi hammaga ma’lum, zaiflashib qolishi ma’lum, o‘pka kasal bo‘lishi ma’lum, yuzlari sarg‘ayib ketishi ma’lum, boshqa har xil kasalliklar chiqishi ma’lum. Bularning barchasi tamakining juda katta zarar ekanining dalilidir. Islomda esa, bir narsaning zarari sobit bo‘lgandan keyin harom bo‘lishi bor. Alloh subhanahu va taolo O‘z shariatida nimani harom qilgan bo‘lsa, zararli bo‘lgani uchun harom qilgan. Shuning uchun ham, tamaki chekish haromligi haqida fatvo chiqargan ulamolar bu ishni Alloh taoloning “Niso” surasidagi:«Va o‘zingizni o‘zingiz o‘ldirmang”, -(29-oyat) degan qavliga to‘g‘ri keladi, deyishgan.Bu gapga qo‘shilgan molikiy mazhabi ulamolaridan shayx Aliysh: “Tamakini tashqaridan olib kelganlar bu narsa zarar ekanini bilgandan keyin, bizga olib kelishgan. Chekkan odamning tomog‘ida, o‘pkasida, jigarida va yuragida qanday zararlar bo‘lishini tabiblar bayon qilishgan ekan. Bu narsalarning barchasi ochiq-oydin bo‘lib, zarari ko‘rinib turgandan keyin bu narsani qanday qilib halol deb bo‘ladi, degan savolni o‘rtaga tashlab, tamaki mahsulotlari haromdir, degan fatvoni qo‘llagan.4. Tamaki mahsulotlarini chekishda isrof, molni zoe qilish bor. Bu esa, Islomda man’ qilingan. Birovning o‘z puli bor. U shu pulni yaxshi tasarruf qila olmay, behuda sarflab yuboradi. Bunday kishi Qur’on hukmi bilan safih-esipast, deb nomlanadi va puli muzlatib qo‘yiladi. Mahkama tomonidan qaror chiqarilib, o‘z pulini o‘zi sarflay olmadigan qilib qo‘yiladi. Chunki, u pulni behudaga sarflab yuboryapti. U nafaqat o‘z pulini, balki jamiyatga foyda beradigan pulni zoe qilib yuboryapti. Unga o‘ziga keragi berilib, qolgan pulini ushlab turiladi. Bunga hammamiz ittifoq qilganmiz. Nima uchun endi tamaki chekuvchi aqli pastlik qilib molini behuda sarflayapti, nima bunga to‘sqinlik qilmaymiz? Bunga ham hukm chiqarib, bunday qilma, degan gapni aytishimiz kerak. Demak, molni zoe, isrof qilish, behuda sarf qilish tamaki mahsulotlarini iste’molida borligi, uning haromligiga dalil bo‘ladi. Turk sultonligi davrida davlat ulamolardan tamaki mahsulotlarini iste’mol qilish to‘g‘risida fatvo chiqarib berishni so‘ragan. Shunda ulamolar hammalari to‘planib, tamaki mahsulootlarini iste’mol qilish haromdir, uni qiladigan odamlarga jazo tayinlash kerak degan fatvo chiqarishgan. Qaerda tamaki mahsulotlari to‘plangan bo‘lsa, kuydirib tashlash kerak, degan gapni aytishgan. Ulamolarning bu fatvosi davlat tomonidan chiqarilgan maxsus bir qaror bo‘lgan. 5. Tamaki mahsulotlarini harom deyishga hujjat-dalillardan yana biri, tamakining hidi badbo‘y, kishiga yoqmaydigan, yonida turgan odamga ozor beradigan darajadagi yomon hid bo‘lganidir. Islomda mana shunday hidlarning barchasi man’ qilingan. Misol uchun sarimsoq piyoz, xom piyoz egan odam masjidga bormasin, chunki boshqalarga ozor beradi, deyilgan. Sigaretniki ularnikidan battar. Nima uchun sarimsoq yoki xom piyozdek halol narsani egan odamni masjidga kirma, nari tur, deymizu, sigaret chekkanni esa, marhamat deyiladi?Shu ma’noni e’tiborga olganimizda ham ularni masjidga kirishlarini man’ qilish kerak bo‘ladi. Ko‘pchilikka, farishtalarga ozor etadigan narsa sifatida tamaki mahsluotlarini iste’mol qilish harom degan ulamolar.Mana shu narsalar, o‘tgan asr va balki undan oldingi zamon ulamolari tomonidan chiqarilgan fatvolarga hujjat-dalil qilib keltirilgan. Albatta, mazkur fatvolar chiqqandan keyin o‘tgan davrda tamaki mahsulotlarini iste’mol qilish nihoyatda zararli narsa ekanligiga ilmiy dalillar, hujjatlar juda ko‘paydi. Mana, anchadan beri o‘sha tamaki ishlab chiqaradigan korxonalar, fabrikalar ko‘pchilikning talabi bilan ba’zi yurtlarda qonun-qoida asosida qutilarning ustiga «Sog‘liq vazirligi ogohlantiradiki, buni chekish sog‘ligingiz uchun zarardir» degan yozuvni yozib qo‘yishga majbur qilindi. Ko‘pgina davlatlarda yopiq joylarda, binolarning ichida chekish qat’iyan man qilindi. Yana shunga o‘xshash turli tuman choralar ko‘rilyapti. O‘tgan yillarda Amerikada qancha-qancha odamlar tamaki chekib kasal bo‘lganligi uchun tamaki kompaniyalarini sudga berib, sog‘liqlarini tiklash maqsadida millionlab pullarni undirib olish bo‘yicha mahkama ishlarini yutib chiqqanlari haqida gap bo‘ldi. Yangidan-yangi, ko‘pgina kasalliklar chiqayotganligi, millionlab odamlar o‘layotganligi, o‘pka kasal bo‘layotganligi, rak bo‘layotanligi va hokazolar to‘g‘risidagi ma’lumotlar nihoyatda ko‘payib ketdi. Shuning uchun ham, barcha yurtlarda hozir sog‘lom hayot tarzi uchun kurash borasida tamakini tashlash uchun ham harakatlar bo‘lyapti.Mana shularni e’tiborga olib, musulmon davlatlardagi ko‘pgina ulamolar ham bu masalada yangidan izlanishlar o‘tkazib, tamaki mahsulotlari mutlaqo harom ekanligi to‘g‘risida ko‘pchilik ulamolar ishtirokida, bahs qilib turib, hammalari imzo chekkan holda fatvolar chiqarishyapti. Bunday fatvolar Misr Arab jumhuriyatida chiqib, keng tarqaldi, Saudiya Arabistonida chiqib keng tarqaldi va boshqa mamlakatlarda ham shu tariqada tarqalib boryapti.Oxiri, tamaki chekishning harom ekaniga ummatning ijmo’i sobit bo‘ldi. Bu esa, butun dunyo aholisining, butun insoniyatning salomatligini saqlash ma’nosida, sog‘ligi uchun kurash ma’nosidagi bir xayrli ishning bir ko‘rinishi hisoblanadi. Shu ma’noda bizlar ham ba’zi bir narsalarni tushundik. Istagan kishilar ularni bilib olsalar, albatta buni eshitish uchun chekuvchi yoki shu ishni olib borayotgan odam bo‘lishi shart emas, balki chekmaydigan, bundan yiroq bo‘lish baxtiga sazovor bo‘lgan kishilar ham hujjat-dalil bilan bilib qo‘ysa, boshqalarga aytish, loaqal o‘z farzandlarini, yaqin kishilarini shu narsaga mubtalo bo‘lishdan saqlab qolish uchun ishlatish imkonlari bo‘ladi.Alloh subhanahu va taolo bunday noqulay, shariatimiz harom qilgan narsalardan yiroqda bo‘lishimizni nasib etgan bo‘lsin. Ba’zi bir bunday narsalarga mubtalo bo‘lib qolgan birodarlarimiz bo‘lsa, ularni bundan xalos bo‘lib, yaxshi holatlarga o‘tib olishlarini nasib qilgan bo‘lsin.
27 Май 2022, 00:59 | Савол-жавоблар | 175 | Dolzarb savollar