Xalol-xarom xakida kelishmovchilik
Muxtaram Shayx xazratlari, Sizga minnatdorchilik bildirmokchi edim, mendek bir ojizani kabul kilganingiz, arzimas masalamni sabr bilan tinglaganingiz, arzimas narsaga Sizni bezovta kilganimga xafa bulmaganingiz uchun. Sizning oldingizda xijolatdaman, ilmsizligimdan. Surashga boshka odam topa olmadim, yana bir bor uzr, kimmatli vaktingizni olganim uchun. Alloxni yulida uylagan barcha Maksadlaringizga erishishingizga tilakdoshman.Yana bir savol suramokchi edim, xayosizlik bulsa xam, men uchun juda muxim. Uyimizda ta’mirlash ishlari boshlaganmiz, xujayinimning topganlari ishchi usta yollash uchun etmaydi. Shunga ikkalamiz sekin-asta ta’mirlayotgan edik. Lekin bir karindoshimiz yordam beraman dedi, uning shubxali, xarom pul topishini bilaman. Javoblaringizdan, xaloliga gumon kilib olish mumkin degansiz. Ular xam shu fikrdalar, bu xadya demokdalar, uzimiz tinchgina ta’mirlsak xam buladiku. Kupincha shu masalada kelisholmaymiz, men xaromga shubxa bor bulsa xam olish mumkinmas deb uylayman, ular bulsa, bulaveradi, bu bizga xadya deydilar. Agar, bu eydigan narsalar bulsachi, uyga olib kelishsa, menku emayman, lekin bolalarchi... Nima kilishga xayronman... Xaromdan kurkaman... Shubxalidan xam kurkaman...Ming bor uzr...
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Mol beruvchining molida harom va halol aralash bo‘lsa, haloldan deya niyat ila olsa bo‘ladi. Ammo topganining hammasi haromligi aniq bo‘lsa, olib bo‘lmaydi.
27 Май 2022, 01:41 | Савол-жавоблар | 159 | Oila va turmush
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Mol beruvchining molida harom va halol aralash bo‘lsa, haloldan deya niyat ila olsa bo‘ladi. Ammo topganining hammasi haromligi aniq bo‘lsa, olib bo‘lmaydi.
27 Май 2022, 01:41 | Савол-жавоблар | 159 | Oila va turmush