Ateistlar
Assalomu alaykum Shayx xazratlari.Bu voke’aga raxmatli buvam guvox bulganlar.Kichikligimda menga aytib berganlar.SSSR deyilgan,xudosizlar xokimiyatda bulgan vaktda bobom bir janozada shundok xolni guvoxi bulibdilar.Usha vaktdagi mashxur imom (u kishini xam utib ketganlariga ancha bulgan,siz xam ularni taniysiz) janozani ukishlari kerak ekan.Shunda bir tuda uzbek ateistlar u raxmatli imomni urab olib,u kishidan sizlar kabr azobi bor deyapsizlarmi? deb surashibdi.Imom xa deb javob beribdilar.Xudosizlar bulmasam shu mayitni kabriga kamera urnatib,Munkar va Nakirni va boshka kabrdagi mayit bilan savol-javob vaktidagi xolatni kuraylik deyishibdi.Shunda imom bu sizlar uylaganchalik emas,kurolmaysizlar,chunki mayit bu kabi narsalarni xuddi tush kabi boshdan kechiradi debdilar.Meni savolim shuki xazrat,mazkur tush kabi degan gapni katta ulamolardan fakat Ibn Xazm raximaxullox aytganlar.Boshka kupchilik ulamolar kabr azobi xam ruxga,xam tanaga buladi deyishgan.Shu xolda bu imomni gaplarini kanday tushinish kerak?Men shundok mashakkatli vaktlarda Islomni xizmatida bulgan u imom janoblarini xam,boshka utib ketgan diyndorlarimizni,xususan sizni otangizni xam xaklariga duodaman.Siz uzingiz usha ogir davrlarda diynimiz xizmatida bulgansiz,usha davr mashakkatlarini kupchilikdan kura yaxshirok bilasiz.Usha kunlarni ustimizdan kutargan Alloxga shukur.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Mazkur imom rahmatullohi alayhning gapini ham ibn Hazmning gapi kabi qabul qilish kerak. Jumhurning gapi siz aytgandek. Alloh barchamizni hidoyatidan ajratmasin!
27 Май 2022, 02:06 | Савол-жавоблар | 153 | Aqiyda
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Mazkur imom rahmatullohi alayhning gapini ham ibn Hazmning gapi kabi qabul qilish kerak. Jumhurning gapi siz aytgandek. Alloh barchamizni hidoyatidan ajratmasin!
27 Май 2022, 02:06 | Савол-жавоблар | 153 | Aqiyda