Xulu’ bilan ajrashish
Assalomu alaykum hurmatli shayx hazratlari. Allohdan sizga uzoq-umr, hayrli va savobli ishlaringizga baraka tilagan holda savolimni yo‘llasam. Bir taqvoli, namozxon ayol erini zinokorligi, noshar‘iy va noqonuniy boshqa ayol bilan yashaganligi sababli erini bergan mahrini qaytarib,sud orqali ajrashgan. Sudda er ajrashishga rozilik bergan. Lekin taloq bermagan. Oradan 3.5 yil o‘tib, qilgan ishidan pushaymon. Xotinidan kechirim so‘rab, birga yashashni so‘rayapdi. O‘rtada bir o‘g‘il farzandlari bor. Shuncha yil mobaynida aliment to‘lagan,lekin farzandi b.n qiziqmagan. Hozir o‘g‘lini ko‘rsa tanimaydi. U ayoldan egizak o‘g‘il farzandi bor. Lekin u ayol "ko‘cha" ayollaridan bo‘lganligi sababli 1 yildan buyon u b.n ham yashamayapdi. Xotinini qadriga endi etgan. Savol: xotin farzandini ota mehrisiz o‘stirmasligi, Alloh uchun uni kechirib birga yashasa bo‘ladimi va buning shar‘iy hukmi qanday bo‘ladi? Nima qilishni bilmay sizdan iltimos qilib to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatishingizni va maslahat berishingizni so‘rayapti. Javobingiz uchun oldindan katta raxmat.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Bu masalani jonli majlisda ko‘rish kerak.
27 Май 2022, 02:06 | Савол-жавоблар | 153 | Oila va turmush
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Bu masalani jonli majlisda ko‘rish kerak.
27 Май 2022, 02:06 | Савол-жавоблар | 153 | Oila va turmush