fatvo Qozixon
Xurmatli Shayx janoblari mening savolim quyidagicha: 1. Men yaqinda "fatvo Qozixon" da shunday bir masala ko‘rdim; bir odamni boshqa bir odamda pul xaqqi bo‘lsa va shu pulning xisobiga nisobga qodir bo‘lsa va o‘zida boshqa pul bo‘lmasa ,unga qarz olib qurbonlik qilish lozim emas". biz oldin domlalarimizning ma’vizalaridan eshitgan edikki ;modomiki odam nisobga molik bo‘lar ekan ,qo‘lida turmagan bo‘lsa xam qarz olib qurbonlik qiladi" degan gapni eshitganmiz .lekin bu to‘g‘rida o‘zimda etarli adabiyot bo‘lmaganligi sababli siz janobdan so‘rashga jazm qildimki biz qaysi gapni olishimiz kerak? agar ikkinchi ,domlalarimizning gaplarini olinsa qaysi kitobdan topsa bo‘ladi ?. 2. "Kifoya" kitobining 1- juz ,7 betida Muoz ibn Jabal roziyallohu anhudan rivoyat qilingan xadisda Payg‘ambar alayhissalom :agar Allohni Payog‘ambarining sunnatida xam bo‘lmasa-chi ? - deb so‘raganlarida Muoz ibn Jabal roziyallohu anhu :أجتهد رأيي و لا آلو degan lafz kelgan , tarjimada esa ;"Fikrim bilan ijtihod qilaman " - dedim deyilgan و لا آلو degan lafzning tarjimasi tushib qolgan . Bu siz janobdan xato topish emas, ming bor uzr , lekin buni aytib qo‘yishni lozim deb bildikki ushbu kitob inshaolloh yana bosiladi va shunda e’tibor qilinishi uchun .
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Xatoni to‘g‘rilashga yordam berganingiz uchun tashakkur. Musulmonlarda, menga aybimni aytgan odamga Allohning rahmati bo‘lsin, degan shior bor. Sizga ham ikki dunyoda Allohning rahmati bo‘lsin.- Qarzdagi mulk ikki xil bo‘ladi. Qaytarilishidan umid bor. Undan zakot beriladi. Qaytarilishidan umid yo‘q yoki gumon, undan berilmay tursa joiz. Qaytarilganda beriladi.
27 Май 2022, 02:16 | Савол-жавоблар | 168 | Dolzarb savollar