Tul ayollar

Assalomu alaykum Shayx hazratlari, Alloh sizga kuch quvvat bersin va mushkillingizni engil qilsin, amin! Ustoz oldingi savolimda aytib o‘tganim sevimli Ustozimning eri yo‘q, 2 marta turmush qurganlar, 2 o‘g‘li bor uylarini madrasa qilaman degan niyatda qurganlar va shunday ham. Nega turmushga chiqmasligini so‘rashsa erni sonini ko‘paytirib nima qilaman, nafsim buni xohlamasa, erkaklar o‘rtasida fitna chiqarmasam noshar’iy ish qilmasam turmushga chiqmasam ham bo‘ladi, dedilar. Chindan ham borganimga bir yil bo‘lgan bo‘lsa, hali birorta nomahram ustozimni ovozini eshitishi tugul tirnog‘ini ham ko‘rgani yo‘q. Agar ayol shariatga muvofiq yursa, nafsini tiysa, turmushga chiqmasa mumkinmi? Javob uchun tashakkur.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Yaxshi hisoblanmagan ishni qilgan bo‘ladi. Agar turmush qilsa, turmush sherigiga zarar etkazadigan bo‘lsa, mumkin.

27 Май 2022, 02:24 | Савол-жавоблар | 141 | Ayollarga oid masalalar
|
Boshqa savol-javoblar