oilam deganim sarob ekan
Assalamu aleykum va raxmatulloxu va barakatux! Parvardigori olam Sizning va Sizning yakinlaringizni uz panoxida asrab, boshingizdan uzining raxmat va barakatini egdirsin!Shayx Xazratlari eshligimda sizning kitoblaringizni ukib,katta bulganmiz.Bugungi kunda xat orkali bulsa xam Siz bilan xamsuxbat bulaetganim uchun (emon xabar bilan bulsa xam) Alloxga shukr aytaman.Men takdir takozosi bilan bugungi kunda Rossiya ulkasining bir chekka kishlogida yashayapman.Yakin en atrofimda ilmli fatvo beruvchi imomlar yuk.Xatim Sizga uzun tuyulsa ming bora uzr surayman.Xujainimning ikkinchi aeliman, eshim 39 da.Turmushimizga 11 yil buldi.Ikki nafar 9 va 1 eshli uglimiz bor.Bu ulkalarga kelganimizga 8 yildan oshdi.Boshimizdan xar xil kunlar utdi.Ochlikni xam, sargardonlikni xam kurdim.Xujayin xar kanaka odamlar bilan tortishib, joni xavf ostida kolganda xam, ulsa birga ulaman deb enidan ketmadim, bu kishiga tegadigan mushtga uzimni tutdim...Jonimni xam, molimni xam, kuchimni xam ayamadim. Koch kuvlar bilan bulib, xujayin 6 yilcha uyiga borolmadi,kurkdimi bilmadim, lekin xar oyda pul, jixozlar yuborib turdi.2010 yil kizini chikarishdi, borib keldi.Kelgandan keyin kuzim erib yana farzand kurdik.Oradan 10 kun utib, birinchi aeli etib keldi.Xujayinim boshka ijara uy olib chikib ketdi.Men ikkita bolam bilan koldim.Shu bilan biznikiga fakat kunduz kunda 10-15 dakikaga kiradigan buldi.Eki kechda aeli bilan birga kelib ketadi.Unaka kilmang, mening xam kunglim bor,mening xam bolalarimning otasisiz, aelingizni uzi kelsa bulmaydimi, desam ikkinchi menga bunaka gapirma! U sendan yukori turadi deb yanayam dilimni ogritdi.Men fakat bizga xam adolatli buling, bolalarim xam dadasini kurgisi keladi, xech bulmasa xaftada bir, uyam bulmasa oyida bir kelib keting dedim xolos. Naxotki, mening xakkim yuk, uyga bormaganligida mening zarracha bulsa xam aybim yukligini uzi yaxshi biladi.Uzining aybini epish, xotinining enida yaxshi kurinish uchungina menga tuxmat kilishi adolatdanmi? Shu kundan boshlab xujayinim menga xammasiga sen aybdorsan.Sen bilan yashamayman, seni bokmasam ochingdan ulasanlar deya boshladi.Kulimda chakalok bilan, kaerda ishlayman, ilojim yuk utiribman yaratganga shukr kilib. Aelining aytishicha u kishi mendan kurkib yashayapti ekan, izlab yurganlarga aytib kuyadi deb.Bir kuni jaxl ustida nima uchun Alloxdan kurkmay 10 yil yashab, ikki farzand topdingiz, endi yashashga xotiningizdan kurkiyapsiz, eki xotiningizning xukmi Alloxning xukmidan yukorimi, xamma xukmini bajarasiz? Eki xotiningiz sizga xudodan xam ustunmi deb suradim. Xa, xotinim men uchun Xudo deganini eshitib lol kotdim. Ertasi kuni kuchada meni xech sababsiz baxona kilib bir lafzda uch talok kuydi. Dod, insofi yuk, nomard deb yiglasam, meni xotini bilan birga kushilib urishdi.Bir yarim oydan oshgan bulsa xam yuzlarimni kuki xali ketgani yuk.Meni begona yurtlarga olib kelib, 11 yil yashab, ikkita farzand topib, eshligimdan, kuchimdan foydalanib, endi keraging yuk deb xorlash nomardlik emasmi?U kishi menga senga la’nat bulsin, sendan rozimasman deb aytdi. Allox guvox, men erni norizo kiladigan gunox ish kilganim yuk. Aybim esh bolali bulib uyda utirib kolganim va adolat talab kilganim.Endi bulsa men surishtirdim, bir lafzda uchtalok bir talok xisobda utarkan, men yashayman deb aytayapti.Bu erlarda vaxobiylar kup, balki ularning fatvolari boshkachadir. Mening bilishimcha uchtalokka yuk yuk.Xazrat, bu bulib utgan ishlar menga nisbatan zulm emasmi? Sizning bir ogiz nasiyxatingizga zorman.Iltimos, mening uzun xatimni ogir olmang, uzingiz adashgan, xaeti ermak bulgan singlingizga yul kursating...Xazrat, sizdan iltimos mening va begunox gudaklarim xakkiga duo kiling.Allox Sizdan va Sizning yakinlaringizdan rozi bulsin! Utganlarimizni va barchalarimizni paygambarimiz s.a.w ning shafoatiga nozil aylasin.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Musibatingizga sherikmiz. U odam juda katta nohaqlik qilibdi. Ikki xotini bor odam adolat qilishi – ikki ayolga bir xil qarashi lozim. Bo‘lmasa, katta gunohkor bo‘ladi. Qiyomat kuni bir yonboshi shal bo‘lib tiriladi. Taloq masalasida o‘sha erdagi rasmiy diniy muassasalarga murojaat qilinglar. Bu masalada ajrim chiqarish ularning haqi.
27 Май 2022, 02:25 | Савол-жавоблар | 194 | Oila va turmush
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Musibatingizga sherikmiz. U odam juda katta nohaqlik qilibdi. Ikki xotini bor odam adolat qilishi – ikki ayolga bir xil qarashi lozim. Bo‘lmasa, katta gunohkor bo‘ladi. Qiyomat kuni bir yonboshi shal bo‘lib tiriladi. Taloq masalasida o‘sha erdagi rasmiy diniy muassasalarga murojaat qilinglar. Bu masalada ajrim chiqarish ularning haqi.
27 Май 2022, 02:25 | Савол-жавоблар | 194 | Oila va turmush