Saklab sotish xakida

Assalomu alaykum Ustoz.Saklab sotish, ya’ni extikor xakida savolim bor edi.Savolimni ikki marta yozdim,ammo negadir birinchisi takror savollar bulimiga, ikkinchisi esa uchirilib yuborilibdi.Odatda savollarni uzim yoki yakinlarim xayotiga oid bulsagina yozaman va deyarli xammasiga sizdan konikarli javob olganman.Men va boshka musulmonlar uchun ustozlik kilib savollarimizga javob berayotganingiz uchun mingdan ming tashakkur.Extikor masalasida kitoblarda,xususan savolda yozganimdek sizning "Savdo,ziroat,vakf"kitobingizda ukiganman,ammo savol - javoblarni ukib nazarimda yaxshi tushunmagandek buldim.Kup yillardan beri tijorat bilan shugillanaman,shu sababli extikorni juda yaxshi tushinib olsam men uchun fakat foyda bulardi.Savollarimni uchirib yuborgan kishilar uta fakix va olim bulsa kerak. "Shuniyam bilmaysanmi axir bir necha marta yozilganku,izlab topsang bulmaydimi"-deb uchirib yuborgan, nazarimda.Tugri, men ular kabi "olim" va "fakix" emasman,shuning uchun avval yozilganlarini ukisamda yaxshi tushunmaganligam sababli savolni yozdim.Bekorchi vaktim kupligidan,yoki sizni kimmatli vaktingizni olish maksadida savol bermayman.Agar shu savolimga kimmatli vaktingizni ajratib javob bersangiz uta minnatdor bular edim.Xurmat bilan xar doim sizni muxlisingiz Xudoyberdiev Asliddin. Savolni kaytadan junatayapman: Assalomu alaykum Shayx xazratlari.Ikkita birodarimizning saklab sotish xakidagi savoliga (biri guruch ,ikkinchisi shakar)bozorda narxni su’niy ravishda kutarilmasa ,ruxsat debsiz.Bu birodarlarimiz 3-6 oyni nazarda tutishayapti.Meni 1 tonna guruch yoki shakarim bilan narx navo uzgararmidi deb 1 tonna olsam.Boshka kishi xuddi shu niyatda 2 tonna olsa.Xuddi shu tarzda boshkalar xam olaversa narx navoni usishi turgan gap emasmi?Bu savolni berishdan maksad uzim xam ozik ovkat soxasida ishlayman.Biz bu narsaga ruxsat yuk deb xech kilmaymiz.Xattoki Sarimsok piyoz yoki Koka kolalarni xam saklab sotishdan kochamiz.Yoki bu shariy xukmni notugri tushindikmikan?Kitoblarda 40 kundan oshmasligi kerak deyilgan.40 kundan kam bulsa xam savogar gunoxkor bulishi ta’kidlangan.Savdo,ziroat,vakf kitobingizni bir necha marta ukiganman.Balki yana tushinmagan joyim bordir?Javobingiz uchun oldindan raxmat.Sog,omon buling.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- To‘g‘ri tushunibsiz.

27 Май 2022, 02:25 | Савол-жавоблар | 175 | Islam
|
Boshqa savol-javoblar