Atarni axamiyati kanday?
Shayx xazratlari.Mendan yaxshi bilasiz Rasululloxdan s.a.w kelgan gap xadis deyiladi.Saxobalar roziyalloxu anxumlardan kelgan gaplar esa shari‘atimizda atar deyilar ekan.Shu atarlar dinimizda kuchli,bajarilishi kerak bulgan gaplarmi ya‘ni bu saxobalardan kelgan diniy tavsiyalarni kuchi kanaka?Bu savol berishimga sabab,internetda bu saxobalar gapini xujjat deb bilmaydiganlarni ukib koldim...Javoblaringiz maxshar kuni boshingizga soyabon bulsin.Biroxmatika ya arxamar-roximiyn.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Atar emas, asar deyiladi. Sahobalarning amallari va gaplari ichida shariat hukmiga dalil bo‘ladiganlari bor. Siz o‘qigan gap noto‘g‘ri. TO‘QQIZINChI DALIL SAHOBIYNING MAZHABI Rasululloh alayhissalomning sahobalaridan birlarining fikri, ijtihodi va fiqhiy fatvolari sobit bo‘lgan va naql qilingan bo‘lsa, ana shuni «sahobiyning mazhabi» deyiladi. Usulul fiqh ulamolari nazdida, sahobiy – Rasululloh alayhissalomga uchrashib, mo‘min bo‘lib, u kishini uzoq vaqt lozim tutgan shaxs. Usulchilardan boshqalarning nazdida, Rasululloh alayhissalomni ko‘rib, iymon keltirgan bo‘lsa, bo‘ldi. Ra’yga va ijtihodga o‘rin qolmagan joyda sahobaning gapi olinishiga hamma ulamolar ittifoq bo‘lishgan. Bu borada hech qanday xilof yo‘q. Chunki, bu Rasululloh alayhissalomdan rivoyat qilingan bo‘lish ehtimoli bor narsaning o‘rnini bosadi. Ra’y va ijtihodga o‘rin qolmaydigan katta ishlarda sahobalar o‘zlaricha biror so‘z aytishmaydi. Rasululloh alayhissalomdan eshitishgan yoki ko‘rishgan yoxud u zot shunga o‘xshash narsani tasdiqlaganlarini bilishadi. Lekin «Rasululloh alayhissalomdan eshitdim» demasdan gapirishadi. Yana, sahobalar hammalari ochiq-oydin ijmo’ qilgan va unga biror kishi xilof qilmagan narsani sahobalarning qavli sifatida qabul qilinishiga ittifoq qilingan. Misol uchun, momoning meros olishi haqidagi masala. Hazrati Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhuning davrlarida momoning merosi haqida masala ko‘tarilgan. Bir momo: «Mening nabiram o‘ldi, undan merosimni olib ber», deb keladi. Qarasalar, bu haqda hech gap yo‘q, keyin sahobalarni to‘plab, «Onaning o‘rniga oltidan birini oladi», deb fatvo berganlar. Shunday fatvo chiqqan, ijmo’ bo‘lgan, hech kim xilof qilmagan va shu paytgacha amal qilib kelinadi. Shuningdek, sahobiylardan bittasining o‘z ijtihodi bilan aytgan gapi boshqa sahobiyga hujjat bo‘lmasligida ham xilof yo‘q. Misol uchun, hazrati Abu Bakr roziyallohu anhu bir gapni ijtihod qilib aytsalar, shu gapni Umar roziyallohu anhu olishlari shart emas. U kishi ham o‘zlari shu masalada ijtihod qilishlari mumkin. Ikkovlari teng. Bu ham ulamolar orasida xilofi yo‘q narsalardan biri. Ammo, bir sahobiy ijtihod bilan fatvo bergan bo‘lsa, tobe’in, taba’a tobe’inlar olishi kerakmi yoki yo‘qmi? Undan keyin, o‘sha fatvo bizgacha kelgan bo‘lsa, olishimiz kerakmi yoki yo‘qmi? Bu shar’iy hujjat hisoblanadimi yoki yo‘qmi? Ixtilof ana shular to‘g‘risida.Sahobiyning mazhabi xususida ulamolarning fikrlariSahobiyning mazhabi shar’iy hujjat bo‘lishi yo bo‘lmasligida ulamolarimiz ikki xil ijtihod qilishgan. Birinchi taraf shofe’iylar, ash’ariylarning jumhuri, mo‘’tazilalar va shiy’alardan iboratdir. Ular: «Sahobiyning mazhabi hujjat emas», deyishadi. Ikkinchi taraf – hanafiy, molikiy va hanbaliylar: «Sahobiyning mazhabi shar’iy hujjatdir», deyishadi.Birinchi taraf o‘zlarining «Sahobiyning gapi shar’iy hujjat emas» degan so‘zlariga quyidagi dalillarni keltiradilar:Sahobiyning gapi bir mujtahidning gapi bilan barobar. Chunki, sahobiylar ma’sum emas, faqat Rasululloh alayhissalomning o‘zlari ma’sumlar. Demak, ma’sum bo‘lmagan, ijtihod qilayotgan kishidan chiqayotgan gaplarning xato bo‘lishi va unutish sodir bo‘lishi ehtimoli bor. Shunday ekan, buni «boshqalarga shar’iy hujjat bo‘ladi» deyishga haqqimiz yo‘q. Shuningdek, sahobalarning huzurida tobe’inlar ijtihod qilsa, o‘zlari iqror bo‘lishar edi. Tobe’inlar sahobalar bilan yashab turib, ba’zan ularning gaplariga teskari, xilof gaplarni aytishar edi. Agar sahobiyning gapi sahobiydan boshqalarga hujjat bo‘ladigan bo‘lsa, tobe’inlar bu ijtihodni qilmas edi, sahobalarga xilof gaplarni gapirmas edi. Gapirganda ham, sahobalar inkor qilib, jim tur, deb qaytargan bo‘lishar edi. Bunday gap bo‘lgani yo‘q. Buning misoli: Ali roziyallohu anhu amirul-mo‘minin bo‘lib turganlarida sovutlarini yo‘qotib qo‘yganlar. Uni izlab yurishsa, bir yahudiy ko‘tarib ketayotgan ekan. Xullas, talashib-tortishib, gap o‘sha vaqtdagi Islom diyorining qozisi qozi Shurayhga etadi. Qozi da’vogar taraf bilan xusumatchi tarafni o‘zining majlisiga chaqiradi. Hazrati Alini yuqoriroqqa o‘tqazishganda, yo‘q, o‘sha yahudiy bilan tengma-teng bo‘lishi kerak, deb pastga o‘tqazganlar. «Sovut sizniki ekanligiga guvohingiz bormi?» – deb so‘ralganda, hazrati Ali: «O‘g‘lim Hasan», – dedilar. «Yo‘q, bola o‘z otasining foydasiga guvohlik berishi mumkin emas», – deganlar qozi Shurayh. Hazrati Ali o‘z ijtihodlari bo‘yicha, o‘g‘il otasiga guvohlik berishi mumkin deb, o‘g‘illarini etaklab keldilar. Sahobiy bo‘lmagan qozi Shurayh esa, hazrati Alining, ya’ni sahobiyning gapini qaytardi. «Bola o‘z otasining foydasiga guvohlik bera olmaydi», dedi. Shu erda sahobiyning ijtihodi qolib, tobe’inning ijtihodi o‘tib ketdi. Agar sahobiyning aytgan gapi boshqalar uchun, jumladan, tobe’in uchun hujjat bo‘lib, uni olishlari lozim bo‘lganda, shu erda Ali roziyallohu anhu bu gapni aytardi. Hazrati Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhu, ma’lumki, Islom ummatining ilm dengizi, buyuk sahobiy, ulkan olim edilar. U kishining hayotlarida ham shunday bir nodir voqe’a sodir bo‘lgan ekan. Bir odam «o‘g‘limni so‘yaman» deb nazr qilibdi. Bu nazr noto‘g‘ri, bolani so‘yib bo‘lmaydi. Endi nazrning o‘rnini bosadigan ish qilish kerak. Ibn Abbos roziyallohu anhuning oldilariga kelishsa, u kishi ijtihod qilib: «Bolangni so‘yishing mumkin emas, endi nazringni o‘rniga qo‘yish uchun yuzta tuya so‘yasan», dedi. U kishining xayollari Rasululloh alayhissalomning bobolari Abdulmuttolibning nazriga ketgan. Rasululloh alayhissalomning bobolari Abdulmuttolib «O‘nta o‘g‘il ko‘rsam, o‘ninchisini so‘yaman» deb nazr qilgandi. O‘ninchisi Abdulloh bo‘ldi. Uni so‘ymasdan, o‘rniga 100ta tuya so‘ygandi. Shuning uchun, sen ham 100ta tuya so‘ysang, nazringga vafo qilgan bo‘lasan, dedi. Shunda tobe’inlardan Masruq: «Ibn Abbosning fatvosi to‘g‘ri emas», dedi. «Bitta qo‘y so‘ysang, kifoya. Alloh hazrati Ismoil alayhissalomning o‘rniga so‘yish uchun bitta qo‘y tushirgan, sening o‘g‘ling Ismoildan afzal emas», dedi. Bu ham ijtihod, lekin o‘rnida va yaxshi ijtihod. Ibn Abbos roziyallohu anhu «To‘xta, men sahobiyman, Rasululloh alayhissalomning amakisining o‘g‘liman, men aytganda, sen nima qilayapsan bu erda», demaganlar. Xo‘p, deb qabul qilganlar. Masruqning o‘zi mavlolardan, arablardan ham emas.Anas ibn Molik roziyallohu anhu ham buyuk sahobiylardan, Rasululloh alayhissalomning xodimlari, ulardan biror narsa haqida so‘rashsa, «Sayyidimiz Hasandan so‘ranglar», der edilar. Hasan Basriy rahimahulloh tobe’in. Katta sahobiylardan birlari masalani tobe’inga o‘tkazayapti. Shuning o‘zi sahobiyning gapi boshqalar uchun hujjat emas, ya’ni majburiy amal qildiriladigan narsa emasligiga dalildir, deyishadi.Ikkinchi taraf o‘zlarining «Sahobiyning gapi boshqalarga shar’iy hujjat bo‘ladi» degan mazhablariga quyidagi dalilni keltiradilar: Sahobiyning ijtihodda boshqa mujtahidlarga o‘xshab xato qilish ehtimoli bo‘lsa ham, ko‘pincha sahobiyning gapi haqqa, to‘g‘riga muvofiq bo‘ladi. Chunki, sahobiylarning har birlari ilmi kamolga etgan zotlardir. Ular arab tilini nihoyatda yaxshi biladi, shariatda odil, fazlu karam egalari hisoblanishadi. Shu bilan birga, ular oyatlarning nozil bo‘lish sabablarini, qanday holatda va nima sababdan nozil bo‘lganligini yaxshi bilishadi. Hadislarning vorid bo‘lish sabablarini ham yaxshi bilishadi va Rasululloh alayhissalomning tasarrufotlariga shohid bo‘lishgan. Ular shariatning maqsadlari to‘g‘risidagi ilmni ham yaxshi o‘zlashtirishgan. Uning xususiyatlarini yaxshi bilishadi. Bu narsalarda boshqa mujtahidlar sahobiylarga tenglasha olishmaydi. Shuning uchun, sahobiyning gapi boshqa mujtahidlarnikidan yuqori turadi va unga amal qilinadi, deyishadi.Bu dalillardan zohir bo‘ladiki, sahobiyning fikri bo‘ladigan bo‘lsa, boshqa mujtahidlarnikidan ustin qo‘yilishi bor ekan. Bir masalada sahobiy bir fikr aytgan, sahobiy bo‘lmagan mujtahidlar boshqacha bir fikrni aytgan bo‘lsa, sahobiyniki ustin bo‘lishi kerak. Lekin shu gapning o‘zini Qur’on va Sunnat saviyasidagi hujjat deya olmaymiz. Olish kerak, vojib, olmasa, tarki vojib bo‘ladi, gunohkor bo‘lib qolinadi, degan ma’nodagi ta’kidni qila olmaymiz. Qur’onda ham, sunnatda ham sahobiylarning shaxsiy fikriga amal qilish vojib yoki sunnat degan gap yo‘q. Endi, voqe’likka nazar soladigan bo‘lsak, tobe’inlar ba’zan sahobalarga xilof qilishgan va buni sahobalarning o‘zlari ham qabul qilishgan, rozi bo‘lishgan. Agar sahobiyning mazhabi xuddi Qur’on va Sunnat kabi shar’iy dalil bo‘lib, uni olish lozim bo‘ladigan bo‘lsa, tobe’inlar bunga amal qilishlari kerak edi. Bo‘lmasa, ular gunoh, ma’siyat holiga o‘tib qolgan bo‘lishardi.
27 Май 2022, 02:27 | Савол-жавоблар | 139 | Hadislar