Allohning sinovi yoki o‘z aybi
Assalomu alaykum, hazrat... Bu dunyoda musulmon odamning boshiga biror mushkullik yoki qiyinchilik tushsa, Allohning sinovi deb qabul qilish kerak. Lekin ba’zi voqealarda insonning o‘z aybi bilan ham qiyinchiliklar yuzaga keladi."Sizlarga biror narsa etsa o‘zingizning qilgan (gunoh) sababli etar", degan mazmundagi oyat bor ekan. Ya’ni boshiga tushgan qiyinchiliklarga odamning o‘zi sababchi bo‘lar ekan, ko‘p hollarda.Shuning uchun, Allohning sinovi bilan bandaning o‘z qo‘li orqali etadigan qiyinchiliklarni ba’zida musulmon odam ajrata olmay qolar ekan. Banda boshiga tushgan qiyinchiliklarda qay biri Allohning sinovi ekanini qanday ajratib olsa bo‘ladi..Qay xolatda qiyinchiliklardan rozi bo‘lib sabr qilinishi kerak, yoki o‘zi sababchi bo‘lib etgan qiyinchiliklarga afsuslanishi kerak.Bu holatni ba’zida ajratib bo‘lmay qolar ekan.Javob uchun oldindan rahmat. Allohim rozi bo‘lsin...
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Taqvo asosida, ibodatlarni ado etib yurgan odamga musibat etsa, sinov bo‘ladi. Gunoh qilib yurgan odamga musibat etsa, uning aybi ila bo‘ladi.
27 Май 2022, 02:28 | Савол-жавоблар | 163 | Islam