Nur
Hurmatli shayx hazratlari!Savolim Nur surasidagi 31-oyat haqida edi. "Yana, yashirgan ziynatlarini bildirib, oyoqlarini(erga)urmasinlar". Sizdan iltmos hazrat shu jumlani tushuntirib bering. Javobingiz uchun oldindan rahmat.Alloh barchamiznqalbimizga so‘nmas "iymon" ato etsin.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Meni ovora qilib, o‘zim yozib qo‘ygan narsani o‘zimga izlatmay, o‘zingiz topib o‘qisangiz yaxshi bo‘lar edi. Men boshqalarga o‘ta zarur bo‘lgan ishlarni qilardim.Ko‘rish orqali fitna sodir bo‘lmasligi, zinoga eltish ehtimoli uyg‘onmasligi uchun ularning yo‘li to‘silgandan keyin, endi, eshitish orqali fitna tug‘diradigan yo‘llarni ham to‘sib, mo‘mina ayollarga:«Maxfiy ziynatlarini bildirish uchun oyoqlarini (erga) urmasinlar», deyilmoqda.Johiliyat davrida ayollar oyoqlariga ham turli taqinchoqlar, qo‘n-g‘iroqlar taqib olishar ekan. Keyin esa, erkaklarning e’tiborini jalb etish uchun oyoqlarini erga qattiq-qattiq urib yurib, haligi taqinchoqlarning ovozini chiqarishar ekan. Bu esa, o‘z navbatida, erkaklarning shahvatini qo‘zg‘agan, ayolning ortidan tushib xiralik qilishiga va oxir-oqibat zinoga olib borishi mumkin bo‘lgan.Shuning uchun, maxfiy ziynatlarni oshkor etish maqsadida o‘sha ziynatlarning ovozini qasddan chiqarishga harakat qilish ham Islomda taqiqlandi.Ruhshunos olimlarning ta’kidlashlaricha, ba’zi odamlarda ayollarning chiroyini ko‘rib, shahvati qo‘zimasa ham, ulardagi ziynatlarning ovozidan hirslari uyg‘onar ekan. Holbuki, Qur’oni Karim bu haqiqatni bir ming to‘rt yuz yil muqaddam e’tiborga olgan.Ushbu oyati karimadan olingan qoidaga binoan, mo‘mina-muslima ayollarga begona erkaklarning shahvatini qo‘zg‘atib, fitnaga sabab bo‘lmasliklari uchun, nafaqat hirsni qo‘zg‘atadigan ovoz berish, balki shunga vosita bo‘lib qoladigan boshqa narsalar ham joiz emas. Shuning uchun ham, mo‘mina-muslima ayollarning ko‘chaga xushbo‘y atirlardan sepib chiqishlari man qilingan.
27 Май 2022, 02:42 | Савол-жавоблар | 147 | Qur’oni karim