Boshim qotti

Assalamu alaykum. Hurmatli shayx hazratlari bu savol uylandimu paydo bo‘ldi uylanmasimdan oldin katta qarshiliklarga uchrab hijobli mo‘mina muslima qizga uylana olmadim. ushanda qattiq turishim kerakmidi.... ha mayli endi bu yog‘iga yordamingiz kerak ming bor iltimos bilan ushbu hatni yozmoqdaman. Svolimni to‘g‘ri berolmagan bo‘lsam meni kechiring iltimos. Ayolim hamma aytganlarimni qiladi ammo din arkonlaridan biror farznimi sunnatnimi aytsam pinagini ham buzmaydi. Namoz o‘qiydi ammo men uyda yo‘qligimda namoz vaqtiga beparvo bo‘ladi. Hijobga kirasan degandim aksiga olib ota-onam, ayolim, qarindosh urug‘ bir yoqadan bosh chiqarib meni o‘rtaga olishdi. Ota-onam ayolimni hijobga kirishligida qarshilar. Hademay Alloh hohlasa ota bo‘laman bola tarbiyasi bilan ona shug‘ullanadi men esa ishdaman men farzandimni haqiqiy mo‘min bo‘lishini hohlayman ayolim esa zamonaviy ayollarga havas qilganu qilgan. men u bilan yashagim kelmay qoldi. boshim qotgan sizga ihlosim juda baland sizdan Alloh rozi bo‘lsin iltimos qilaman menga yordam bering siz sabab bo‘lib Alloh mushkulimni oson qilsa. Duo qiling. Dinga qo‘shayotgan bu hissangiz uchun Alloh sizga jannatning eng yuksak o‘rinlarini nasib etsin. Javob uchun oldindan rahmat.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Alloh ayolingizga rushdu hidoyat, insofu tavfiq bersin. Sabr qilib uni dinga chaqirishda davom eting.

27 Май 2022, 02:42 | Савол-жавоблар | 177 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar