sahihi buhoriy taomlar kitobidagi 7bobdagi oyat
Assalamu alaykum, ustoz. Ushbu oyat qaysi surada va iltimos qisqagina mazmunan tuwuntirib bersangiz. 6-bob. Olloh taoloning qavli: «Yo‘qdur gunoh ko‘rga va yo‘qdur gunoh cho‘loqqa va yo‘qdur gunoh xastaga va na o‘zlaringizga emaklaringizda o‘z uylaringizdan yo otalaringiz uylaridan yo onalaringiz uylaridan yo birodarlaringiz uylaridan yo singillaringiz uylaridan yo amakilaringiz uylaridan yo ammalaringiz uylaridan yo tog‘alaringiz uylaridan yo xolalaringiz uylaridan yo kalitlari qo‘llaringizda bo‘lgan uydan yo do‘stlaringiz uyidan, yo‘qdur gunoh sizlarga bir bo‘lib emoqlaringizda yo alohida-alohida bo‘lib, keyin qachon kirsangizlar uylarga, bas salom beringizlar o‘z kishilaringizga-ki, (bu «Olloh taolo tarafidan muborak va pokiza duodur, mana shundoq bayon qilur Olloh taolo sizlarga o‘z oyatlarini toki sizlar tushuningizlar deb». Oyatda keltirilgan insonlarni uylariga hohlagan vaqt kirib hohlagan narsamizni so‘ramay tanovvul qilsak bo‘laveradimi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Alloh taolo “Nur” surasida marhamat qiladi:“Ko‘zi ojizga tanglik yo‘q. Va, cho‘loqqa ham tanglik yo‘q. Va, bemorga ham tanglik yo‘q. Va, Sizning o‘zingizga ham o‘z uyingizdan, yo otalaringizning uylaridan, yo onalaringizning uylaridan, yo aka-ukalaringizning uylaridan, yo opa-singillaringizning uylaridan, yo amakilaringizning uylaridan, yo ammalaringizning uylaridan, yo tog‘alaringizning uylaridan, yo xolalaringizning uylaridan, yo siz kalitiga molik bo‘lgan yoki do‘stingiz (uyidan) emoqg‘ingizda (tanglik) yo‘q. Sizlarga jamlangan yoki tarqoq holda emoqda ham tanglik yo‘q. Uylarga kirgan chog‘ingizda o‘zlaringizga Allohdan bo‘lgan pokiza va muborak tabrik ila salom beringlar. Alloh sizlarga oyatlarni ana shunday bayon qilur. Shoyadki, aql yuritsangiz.Ushbu oyati karimaning avvalida ko‘zi ojiz, cho‘loq va bemor kishilarga nimada gunoh bo‘lmasligi, tanglik yo‘qligi bayon qilingani haqida mufassir ulamolarimiz ixtilof qilishgan. Bir guruhlari, ularning jihodga chiqmay qolishlarida gunoh va tanglik yo‘q, deydilar. Bosh-qalari, uzrli kishilarning jihodga chiqmay qolishlari gunoh emasligi, bunda ularga hech qanday tanglik yo‘qligi «Fath» va «Baroat» («Tavba») suralarida bayon etilgan, bu erda esa, so‘z jihod haqida emas, balki aynan taom emoq haqida ketmoqda, shuning uchun ham, mazkur jumlani «taom eyishda ularga gunoh va tanglik yo‘q» deb tushunmoq kerak, deydilar va bu fikrlarini tasdiqlovchi rivoyatlarni keltiradilar. Ikkinchi toifa mufassirlarning fikrlari kuchliroqdir.«Ko‘zi ojizga tanglik yo‘q. Va, cho‘loqqa ham tanglik yo‘q. Va, bemorga ham tanglik yo‘q.»Qur’oni Karim ta’limotlari kishilar ongida ulkan inqilob yasadi. Ular har bir narsada o‘ta aniqlik bilan ish tutib, halol-harom, joiz-nojoiz degan masalalarda o‘ta hassos bo‘lib qolgan edilar.Hazrati Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinishicha, Alloh taolo: «Ey, iymon keltirganlar! Mollaringizni o‘zaro botil yo‘l bilan emanglar» oyatini nozil qilganidan so‘ng, musulmonlar «Alloh taolo bizni mollarimizni o‘zaro botil yo‘l bilan eyishdan qaytardi, taom eng afzal mol hisoblanadi, birovning uyiga chaqirilsa, borib bo‘lmas ekan, o‘zi ochiq ko‘ngil bilan bermasa, taomini eb bo‘lmas ekan», deb tortinib qoldilar. Shuningdek, ko‘zi ojiz, cho‘loq va bemor kishilar bilan birga taom esak, zaifliklari tufayli biz ulardan ko‘p eb qo‘yib, gunoh orttirib olmaylik, deb u zaif kishilar bilan birga taom emoqdan ham o‘zlarini tiyib qoldilar. Avvallari ba’zi kishilar uylarida taom bo‘lmasa, hojatmand kishilarni, jumladan, ko‘zi ojiz, cho‘loq va bemorlarni qarindosh-urug‘lari va yoru do‘stlari uyiga olib borar edilar. Endi esa, bundan ham tortinib qoldilar. Oyatda mazkur ishlar qilinsa, gunoh, tanglik yo‘qligi bayon qilindi.Oyati karimada:«Sizning o‘zingizga ham o‘z uyingizdan emog‘ingizda (tanglik) yo‘q», deyilmoqda. Bundan odam o‘z uyida ham izn so‘rab eyishi kerakmi, degan savol tug‘ilmaydi. Balki qarindosh-urug‘ va yoru do‘stlarning uyida taom emoq ham xuddi o‘z uyidan taom emoq bilan barobar ekani bildirilyapti.«...…yo otalaringizning uylaridan, yo onalaringizning uylaridan, yo aka-ukalaringizning uylaridan, yo opa-singillaringizning uylaridan, yo amakilaringizning uylaridan, yo ammalaringizning uylaridan, yo tog‘alaringizning uylaridan, yo xolalaringizning uylaridan…» emog‘ingizda (tanglik) yo‘q.Demak, oyatda zikr qilingan toifadagi kishilarning dasturxonidan alohida iznsiz, taklifsiz ham taom esa, bo‘laveradi.Ulamolarimiz oyatda o‘g‘illar zikr qilinmaganini otaning uyi – bolasining uyi ekanligi e’tiboridandir, deganlar. Nabiy sollallohu alayhi vasallam ham bir kishiga: «Sen ham, molu mulking ham otangnikidir», deganlar.Oyatda zikr qilingan qarindoshlardan tashqari:«Siz kalitiga molik bo‘lgan yoki do‘stingiz (uyidan) emog‘ingizda (tanglik) yo‘q», deyilmoqda.«Kalitga molik bo‘lish» uy egasining kalitni ishonib topshirib qo‘yishidir. Ana shunday kishilar insof bilan, qorinlari to‘yguncha esalar, bo‘laveradi.Oisha onamizdan Imom az-Zuhriy qilgan rivoyatda aytilishicha, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan jihodga jo‘nab ketayotgan musulmonlar uylari kalitlarini o‘zlari bilgan kishilarga topshirib, hojatingiz tushganda emoqni sizga halol qildik, deb ketar ekanlar. Ammo kalitni olib qolganlar, bu gap quruq manzirat uchun aytilgan bo‘lsa kerak, deb o‘zlarini tiyisharkan. Ushbu oyat bilan ularga Alloh ham izn bergan.«Do‘st» deganda, ishonchli do‘st, birodari uning uyidan iznsiz taom esa, xursand bo‘ladigan do‘st ko‘zda tutilgandir.Shuningdek, oyati karimada:«Sizlarga jamlangan yoki tarqoq holda emoqda ham tanglik yo‘q», deyilmoqda.Chunki, qadimgi arablar to‘planib taom eyishni yomon ko‘rar edilar. Kinona qabilasi esa, taomni yolg‘iz emoqni gunoh hisoblar edi. Shuningdek, ansoriylarda ham mehmoni bor odam mehmonsiz taom emas edi. Ushbu oyatda Alloh taolo har kim o‘z xohishicha eyaverishi mumkinligini bayon qildi. Ya’ni, yakka yoki jam bo‘lib eganda gunoh yo‘qligini bildirdi.Shu bilan birga, Nabiy sollallohu alayhi vasallamning hadislarida jam bo‘lib taom emoqlik fazilat ekani aytilgan.Imom Ahmad ibn Hanbal quyidagilarni rivoyat qiladilar:«Bir kishi Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamga: «Biz taom eymiz-u, qornimiz to‘ymaydi», dedi. Ul zot sollallohu alayhi vasallam: «Ehtimol, yakka-yakka bo‘lib ersizlar. Taomni jam bo‘lib va Allohning ismini zikr qilib englar, o‘shanda barakali bo‘ladi», dedilar.»Imom ibn Moja hazrati Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Jam bo‘lib englar, tarqoq bo‘lmanglar, jamoatda barakot bordir», deganlar.Keyin, taom eyish uchun yoki boshqa holatlarda uyga kirish odobi bayon qilinmoqda.«Uylarga kirgan chog‘ingizda o‘zlaringizga Allohdan bo‘lgan pokiza va muborak tabrik ila salom beringlar.»Jumladagi «o‘zlaringizga» so‘zini bir-biringizga va o‘zingizga o‘zingiz deb tushunmoq lozim. Chunki, buning bayonida kelgan rivoyatlarda, birov bir uyga kirganda o‘sha erda bor kishilarga salom beradi, agar u erda hech kim bo‘lmasa, «Assalomu alayna va ala ibodillohis-solihiyn», deb o‘ziga va solihlarga salom beradi, deyilgan.«Alloh sizlarga oyatlarni ana shunday bayon qilur. Shoyadki, aql yuritsangiz.»Ha, Alloh har bir kattayu kichik narsani mana shunday bayon qilib qo‘ygan. Bandalar uchun, faqat, bunga amal qilib, saodatga erishmoqlik qolgan, xolos. Ammo buni, faqat, aql yuritganlargina anglab etadilar.
27 Май 2022, 02:43 | Савол-жавоблар | 145 | Qur’oni karim