Urta ta’lim maktablari?

Assalomu aleykum Ustoz!Din yulida kilayotgan ishlarizni Alloxni uzi kullab kuvvatlasin!!!Ustoz men oilam bilan 4yildan beri Rossiyada yashayapmiz,yakinda Uzbekistonga Xorazm viloyati va Navoiy viloyatiga borib keldim juda kattik xafa buldim,ayollarimiz,erkaklarimiz,yosh kizlar,yigitlar shunka kiyinishyaptiki Rossiyadagi ba’zi ruslardan xam sharmadali yana kattalar xam bu narsaga uta xotirjamlik bn karyapti, xech kimni,xech narsa bilan ishi yuk ,ozgina bulsa xam oxirat xakida uylash yuk ,albatta u insonlarni xam ayblab bulmay chunki kupchiligi shariatimizdan umuman xabari yuk.Men xam juda yam evropalashib ketgan oylada voyaga etganman,ota onam,umuman karindoshlarimiz,umuman diynimiz xakida xech narsa bilishmidi xatto ovkatlangandan kn duo kilishni xam bilishmas edi.Men va onam kiynalib kolganimizda bir ikkita folbinga boruvdik usha folbin Yosin surasini namozdan kn ukisang ishlaring yaxshi buladi degan edi,ushandan kn kaerda diniy kitob busa olib ukir edik,boshida namozni fakat ishlarimiz yurishishi uchungina ukiganmiz keyinchalik sizni kitoblarizni ukib,ma’ruzalarni eshitib, dinimizni moxiyatini tushundik Alxamdulillox,ustoz topib yana xam kuprok urganmokchi buldik lekin kilmadik, xar xil okimlar kupayib ketgani uchun kurkdik.Rossiyada xam musulmonlar maktabi bor ekan,kattalar uchun xam kichkintoylarimiz uchun xam Kariyalar xam kelib dars olishadi.Ustozlarimiz arablar va tatarlar,borib arab tili, tajvid darslaridan va Musulmanskaya pravo darslaridan sabok olayapmiz(darslarning xammasi bepul ukitiladi), sizning kitoblarizni muntazam ravishda ukib urganib boramiz.Fakat Vatandoshlarimiz uchun juda kuyinyapman.Odamlarimizni tushunchasi juda tor madrasalarda ukitishni xoxlashmiydi, shuning uchun,Uzbekistonimizda xam kattalarimiz, kariyalarimiz uchun shunaka kushimcha darslar,Urta ta’lim maktablarida dunyoviy fanlardan tashkari, diniy darslarni tashkillashtirishga yordam bersangiz Iltimos!Mening kulimdan fakat Alloxdan duo kilib surash keladi xolos.Allox sizni uz panoxida asrasin!Umriz uzok bulsin, sizdek olimlarimiz kupaysmn!Barcha savobli ishlarizni amalga oshirishda Alloxni uzi kullab kuvvatlasin Omiiyn!!!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Juda yaxshi fikr va takliflar. Biz qo‘limizdan kelganini qilmoqdamiz. Odamlar o‘zlari ham harakat qilishlari kerak. Sizga o‘xshagan jonkuyarlar juda ham zarur. Boshqa joylarda ancha yaxshilanib qoldi. Siz aytgan joylarda ham yaxshilansa ajab emas.

27 Май 2022, 02:55 | Савол-жавоблар | 149 | Bola tarbiyasi
|
Boshqa savol-javoblar