Lizing faoliyatiga sheriklar
Assalomu alaykum xurmatli Shayx xazratlari!.Alloxdan kilayotgan ezgu amallaringizni barakotli kilishini va bizlarni xam uzok muddat naflantirib yurishini surayman.Allox umringizni uzun kilsin,xalkimiz,millatimiz baxtiga sog buling. Xurmatli ustoz!Avvalgi bergan savolimga javob berganingiz uchun sizga uz minnatdorchiligimni bildiraman.Kompaniyamiz lizing faoliyati bilan shugullanishini avval aytib utgan edim.Kushma korxona makomida tashkil etilgan kompaniyamizda Malayziya davlatidagi yirik banklardan biri xamda Uzbekiston Respublikasi Tashki iktisodiy faoliyat Milliy banki asosiy ulushdor xisoblanishadi.(Xar ikkisiga ustav kapitalining 35%idani tugri keladi,bundan tashkari yana chet ellik 2 ta ulushdorlar bor) Alloxga shukrki,kompaniyamiz ishi rivojlanib bormokda.Uz mablaglarimiz cheklanganligi bois xozirgi paytda mijozlar sonini ortib borishi xisobiga ular talabini kondirish uchun raxbariyatimiz tomonidan kushimcha mablaglar jalb kilish yullari kidirilmokda,aytish mumkinki bu borada xam anchayin muvaffakiyatlarga erishildi.Yangi mablaglarni jalb kilish uchun arab davlatlarining biridagi moliyaviy muassasa bilan muzokara olib borilyapti.Shuningdek,bugungi kunda kuplab loyixalarni moliyalashtirish maksadida asosiy ta’sischimiz bulgan Uzbekiston Respublikasi Tashki iktisodiy faoliyat Milliy bankidan milliy valyutada sum jalb kilinmokdaki,olingan pul mablagi uchun kompaniyamiz tomonidan bankka % tulash shart buladi.Xar bir aloxida olingan loyixa buyicha pul mablagi(garov va boshka ta’minotga oid xujjatlar rasmiylashtirilgach) Markaziy bankdagi konvertatsiya kilish uchun muljallangan blok schetga tashlanadi xamda Markaziy bank rasmiy kursi buyicha kat’iy valyutaga aylantirib berilishini kutadi.Shu erda bir nozik nukta yuzaga chikadi:Olingan pul mablagi uchun garov rasmiylashtirilayotganda garovga oluvchi fakatgina bizning lizing kompaniya emas,balki bank xam 2-garovga oluvchi sifatida notarius orkali rasmiylashtiriladi.Asosiy savol shunday:Bank lizing kompaniyasiga pul bergani xolda foiz oladi- riboga yul kuyilgan buladimi yoki ushbu loyixaga sherik sifatida lizing faoliyatini amalga oshirgan xisoblanadimi.Bunday xollarda kanday yul tutilsa,shariatimiz talablari buzilmagan bular edi.Uzun savol berib,mashakkatga kuyganim uchun oldindan uzr surayman.Allox sizdan rozi bulsin.Javobingiz uchun oldindan raxmat
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Foiz olsa, ribo bo‘ladi. Sherik bo‘lsa, foydadan bunchasi deb belgilanadi.
27 Май 2022, 02:57 | Савол-жавоблар | 149 | Moliya va tijorat
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Foiz olsa, ribo bo‘ladi. Sherik bo‘lsa, foydadan bunchasi deb belgilanadi.
27 Май 2022, 02:57 | Савол-жавоблар | 149 | Moliya va tijorat