taroveh haqida

Assalomu alykum Shayh hazratlari bizda ikkilanish paydo bo‘lib qoldi bunga echim topib bersangiz.taroveh namozida orada taroveh tasbehi o‘qiladi shunda La ilaha illalloh deganda hamma jo‘r bo‘lib aytadi hamma jamoatlarda hamma masjidlarda shundayligini ko‘ramiz lekin bizda bir inson qarshlik qilmoqda imom hatibimizga aytsak u inson sizning ko‘rsatmangizga amal qilar ekan imom hatibimiz buni nimasi yomon bundan qaytarshlik yahshi emas dedi ,La ilaha illalloh deyishdan qaytargan odam dindan chiqib qolmaydimi, javobingiz uchun oldindan rahmat buni jamoatga o‘qib beraman albatta.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Menimcha, u odam laa ilaha illallohudan emas, uni tarovehning tasbihida jo‘r bo‘lib aytishdan qaytargan bo‘lsa kerak. kishilarni kofirga chiqarishga shoshilmasalaringiz bo‘lardi. Bu oddiy va sodda gap. Ammo sizlarga o‘xshash boshqachasiga olsa, jiddiylashib ketadi. Avvalo tarovihda tasbih aytish odamlarning odati, shariatning hukmi emas. Keyin uni bir kishi aytadimi, ko‘pchilikmi degan gapning chiqishi ham o‘rinsiz. Buning ustiga o‘sha ishda bir joyini unday yoki bunday qilish haqida janjal chiqishi juda ham yomon. Jamoat nimaga odatlangan bo‘lsa, shuni qilniglar. Aslida imom domla hal qilib, bir gapni aytishlari yaxshi bo‘ladi.

27 Май 2022, 03:03 | Савол-жавоблар | 157 | Ro‘za
|
Boshqa savol-javoblar