masjidga mashinada

Assalomu alaykum va raxmatulloxi va barakotuxu, Muxtaram va faziylatli Shayx Xazratlari!Allox azza va jalla biz kabi omi bandalarga ilm berishda kilayotgan xizmatlaringizni bardavom kilsin,uzingizga kuch-kuvvat va kilayotgan ezgu ishlaringizni munosib mukofotlasin.Omiyn.Xazratim, avvalrok boshka mavzularda xam savollar bergan edim.Alxamdulillox-ki ,boshka ilmdorlardan javob topa olmagan savollarimga Siz janoblaridan anik javoblarni oldim,buning uchun Sizga katta tashakkur.Ruxsat bersangiz yana bir savol bilan murojaat kilsam. Taksir,xadis va boshka manbaalardan musulmon banda namozlarini masjidda jamoat bilan ukisa ulkan ajrlarga ega bulishlishgi,masjid tomon bosilgan xar bir kadam uchun savoblar olib,gunoxlari uchirilishligini ukib,eshitib bilganmiz. Men xam namozlarimni imkon kadar masjidda jamoat bilan ado etishga xarakat kilmokdaman.Ammo men uyim 1-1.5 chakirim masofada joylashgan bulsada masjidga piyoda emas, mashinamda borib ukib kelaman.Meni uylantirayotgan narsa,masjidga mashinada borib ukib kelsam men «kadamlar» evaziga beriladigan xayrlardan benasib kolmaymanmi. Echimini kutayotgan bundanda muxim masalalar turganda mening savolimga xam javob berganingiz uchun sizga avvaldan minnatdorchilik bildiraman. Allox Sizdan va ota-onangizdan rozi bulsin.Omiyn. Goyibona tolibingiz. Assalomu alaykum va raxmatulloxi va barakotuxu.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Uzoq bo‘lgani uchun mashinada borganingiz uchun ham o‘ziga yarasha savob bo‘ladi, inshaalloh.

27 Май 2022, 03:06 | Савол-жавоблар | 143 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar