Qishloqda Taroveh Namozi

Assalmu alaykum hurmatli Shayx hazratlari,Alloh taoloning xohishi va madadi bilan o‘tgan yili ancha yillardan keyin birinchi marta qishlog‘imizda taroveh namozini ado etdik. Bizning yaqinimizda masjid yo‘qligi va namozxonlarning kamligi boisidan o‘qilmay kelinardi. Hamma mamun bo‘ldi, ayniqsa yoshi ulug‘ keksalardan bu yilgi tarovehga qo‘shladiganlar ko‘paydi.Biz zam sura sifatida har safar Amma surasidan boshlab An-nasgacha o‘qidik. Har bir suraning faqatgina 3-4 oyatini o‘qidik. Ya‘ni Fotihani o‘qigach, biror suraning 3 oyati miqdoricha o‘qilib ruku‘ga ketildi.Ustoz, bizni qilayotganimiz to‘g‘rimi? Qariyalarni hisobga olgan holda, 20 rakaat o‘rniga, 8 rakaat o‘qisak bo‘ladimi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
To‘g‘ri qilgansizlar. 20 rak’at hanafiy mazhabi ‎bo‘yicha. 8 rak’at shofe’iylarniki.‎

27 Май 2022, 03:09 | Савол-жавоблар | 159 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar