Ohirati kuyarkan

Assalomu Alaykum! Shayx Hazratlati eshitishimcha o‘zini joniga qasd qilganlarni Ohirati kuyarkan. Shu gap to‘g‘rimi? Va ohirati kuyish qanday kechadi shu haqida yozsangiz iltimos.Oldindan Raxmat!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Jobir ibn Samura roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:«Nabiy sollallohu alayhi vasallamga o‘zini mishqoslar bilan o‘ldirgan odam olib kelindi. Bas, u zot unga janoza o‘qimadilar».Beshovlaridan faqat Buxoriy rivoyat qilmagan.«Mishqos» – keng tig‘li, pichoqqa o‘xshash narsa. O‘zini-o‘zi o‘ldirish Islomda qattiq qoralanadi. Bu ish mo‘min-musulmon odamga mutlaqo to‘g‘ri kelmaydigan ish. O‘zini-o‘zi o‘ldirish Allohning qazoi qadariga norozi bo‘lish, Alloh bergan hayot ne’matiga nonko‘rlik qilish, osiylik va irodasizlikdir. O‘zini-o‘zi o‘ldirish musulmonlarga xos bo‘lmagan qo‘rqoqlik va nomardlikdir. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning o‘zini-o‘zi o‘ldirgan odamga janoza namozi o‘qimaganlari bu odamning qilgan noma’qulchiligi uchun munosib jazo hamdir. Oxiratda esa, alohida jazolar bo‘ladi.Imom Buxoriy Sobit ibn Zahhok roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda Rasululloh alayhissalom: «Kim o‘zini temir asbob bilan o‘ldirsa, jahannam otashida o‘sha bilan azoblanadi», deganlar.Imom Buxoriy Jundab roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: «Bir odamning jarohati bor edi. U o‘zini o‘ldirdi. Shunda Alloh azza va jalla: «Bandam mendan avval joni haqida o‘zi shoshqoloqlik qildi. Men unga jannatni harom qildim», dedi», deganlar.Imom Buxoriy Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: «O‘zini-o‘zi bo‘g‘gan do‘zaxda ham o‘zini bo‘g‘ib turadi. O‘ziga-o‘zi pichoq urgan do‘zaxda ham pichoq urib turadi», deganlar. Demak o‘zini-o‘zi o‘ldirgan odam do‘zaxga tushishida shubha yo‘q.Odamlarga o‘rnak bo‘lishi uchun bu dunyoda ham unga o‘zgacha munosabatda bo‘linadi. Umar ibn Abdul Aziz, Avzoiy va Imom Ahmadning mazhablari bo‘yicha o‘zini-o‘zi o‘ldirgan odamga janoza namozi o‘qilmaydi.Ulamolar bog‘iy – Islom davlatiga qarshi chiq¬¬qanlar va fosiqlarga ham shu o‘zini-o‘zi o‘l¬dir¬ganning murosasi qilinadi, deydilar. Toki, bosh¬¬qalar ham bularning qilmishini qilmasinlar.Qolgan uch imomlar esa, o‘zini-o‘zi o‘ldirganga Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam janoza o‘qimaganlar-u, ammo boshqalarga o‘qishni amr qilganlar. Shuning uchun taniqli bo‘lmagan oddiy odamlar o‘qib qo‘ysa bo‘laveradi, deydilar.

27 Май 2022, 03:12 | Савол-жавоблар | 178 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar