Gunohning kechirilishi

Assalom alaykum, shayx hazratlari!Bir savol bilan murojaat qilmokchi edim. Banda (mo‘’min) umri davomida katta-yu kichik gunoh qilib qo‘ysa (bilib-bilmay), uning bu gunohlari qilib turadigan duolari, istig‘forlarida (har kungi nazarda tutilmoqda) kechiriladimi (shirk keltirishdan tashkari)? Ya’ni amal daftarida yoziladimi? Chunki banda bilan bir umr bo‘ladigan farishtalar uning barcha amallarini yozib boradi. Alloh dengiz ko‘pigicha gunohlaringiz bo‘lsa ham shirk keltirmasalaringiz gunohlaringizni kechiraman degan. Lekin bilishimcha, kiyomat kuni savol javobda Alloh barcha, zarracha gunoh qilingan bo‘lsa savol-javobga tortiladi degan.Savolim: Alloh mag‘firat kilaman degan gunohlar amal daftarida yoziladimi, uning savol-javobi qanday bo‘ladi?Buni Allohning mag‘firatidan umid qilish maqsadida bilmoqchiman, iltimos, shu haqida ma’lumot bersangiz.Alloh rozi bo‘ladigan bandalaridan qilsin va har xil fitnadan biz-u sizni o‘zi asrasin.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Umumiy qoida “yaxshiliklar yomonliklarni yuvadi. Tahorat, namoz, ro‘za, haj kabi ibodatlar ham gunohlarni yuvadi. Tavba Allohning haqi bo‘lgan gunohlarni yuvadi. Faqat bandaning haqi bo‘lgan gunohlar egasi kechishi bilangina yuviladi. Shuning uchun doimo ibodat va yaxshilik qilish bilan birga, bandaning haqida ehtiyot bo‘lish kerak.

27 Май 2022, 03:23 | Савол-жавоблар | 192 | Islam
|
Boshqa savol-javoblar