Vafot qilganlarga yordam
Hurmatli Shayx Hazratlari, mening otam kommunistlarning jirkanch jamiyatlarida tug‘ilib, o‘sha jamiyatda tarbiya topdilar va qo‘rqamanki, islom baxtidan o‘z nasibalarini etarli ololmadilar. Hayotlari oxirida namoz o‘qishni niyat qilib yurgandilar, ichkilik va boshqa yomonliklarni bas qilgandilar, ammo namozga ulgurmadilar. Menga aytishdiki, agar kishi Qur’onni to‘liq yodlab, unga amal qilib yashasa, ota-onasi hatto g‘ayriddin bo‘lsa ham kechirilarkan, shu haqda xabar borligi rostmi? Mening vaziyatimda, men hofizul Quran bo‘lsam, Allohni tilida tasdiqlagan ammo amali kam bo‘lgan otam mening Qur’onni o‘rganishim sababidan jannati bo‘lishlari mumkinmi? Savolimda xatolik boi’lsa kechiring.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Bu haqda bir narsa deyish qiyin. Faqat Allohning afv qiluvchi, mag‘frat qiluvchi va rahimli ekaniga suyanamiz, xolos. Qolgani Alloh taoloning O‘ziga havola.
27 Май 2022, 03:28 | Савол-жавоблар | 144 | Qur’oni karim