Al Buxoriy nimaga uylanmagan?
Bismillahi Rohmani Rohim Assalamu Alaykum ! Mening bu savolim saytingizdagi bir hadisni o‘qiganim dan keyin paydo bo‘kldi bu hadis quydagicha: "Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning sahobalaridan bir guruhi U zotning ibodatlari haqida azvoji mutohharalaridan so‘ragani borganlarida go‘yoki ular buni o‘zlaricha kam hisobladilar. Shunda bir-birlariga: “Biz qayoqda-yu Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qayoqda. Holbuki, Alloh U kishining oldingi va oxirgi gunohlarini kechirgan bo‘lsa,” dedilar. Ulardan biri: “Men doim ro‘za tutaman. Og‘zi ochiq yurmayman,” dedi. Ikkinchisi esa: “Men kechalarni ibodat bilan o‘tkazaman. Uxlamayman,” dedi. Uchinchisi: “Men ayollardan voz kechaman va uylanmasdan o‘taman,” dedi. Bas, ularning bu gaplari Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamga borib etdi. Shunda ularni bir joyga to‘plab ularga mav’iza qilib dedilar: “Ammo, men Sizlardan ko‘ra Allohni yaxshi bilguvchiroq va sizlardan ko‘ra Undan qo‘rqquvchirog‘ingizman. Biroq, men kechasi ibodat ham qilaman, uxlayman ham. Ro‘za tutaman, og‘zi ochiq ham yuraman. Xotinlarga uylanaman ham. Shunday ekan, kim mening sunnatimdan yuz o‘girsa bas, u mendan emasdir,” dedilar" Bu hadisda uchinchilari men ayollardan voz kechaman dedilar- shunda payg‘ambarimiz (s.a.v) bunga qarshi ekaliklarini aytilar. Bundan biz uylanish sunnat ekanini bilamiz va oxirida u kishi "kim mening sunattimdan yuz o‘girsa mening umatimdan emas didilar". Savol: Al Buxoriyning uylanmaslika sabalari nimada edi? U kishi Payg‘ambarimizning oxirgi aytganlariga to‘g‘ri kelmayaptilarmi ? Yani "kim mening sunnatimdan yuz o‘girsa bas, u mendan emasdir,” dedilar" Olloh hammamizga taqvo va umrimizga baraka bersin. Omin!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Aniq bilmagan narsangizni nimaga hukm qilib chiqarasiz?
27 Май 2022, 03:36 | Савол-жавоблар | 172 | Hadislar
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Aniq bilmagan narsangizni nimaga hukm qilib chiqarasiz?
27 Май 2022, 03:36 | Савол-жавоблар | 172 | Hadislar