KONGLIM XAQIDA
ASSALOMU ALAYKUM XAZRAT.yoshim 23 da turmush ga chiqishni endi niyat qildim oqish,ish va ozgina muammolar bilan xayolimga keltirmagandim..o‘z orzuimdegidek insonga va konglim tushgan inson bilan turmush qurishni istardim xar xil sovchilar keladi yigit yoqsa oilasi yoqmaydi oilasi yoqsa yigit yoqmaydi... shu shu bo‘lib 23 ga kiryapman xullas bir yigitdan sovchi keldi uchrashdik gaplashdik men unga maqul keldim lekin unga konglim tushmadi oilasini surishtirishdi judayam obro etiborlik, dindor yaxshi oila ekan va xatto yigit xam namozxon, taqvodor,ichmaydigan chekmaydigan,yomon yo‘llarda yurmaydigan yigit ekan shundogam gap sozlaridan oxshadi dindorligi lekin bilmadim xayolim chalg‘ib qoldi xuddi men orzu qilgan yigit va oila ekan. ammo ko‘rinishi istarasi rang ro‘yi menga yoqmadi yuragim jiz etmadi...ranglari qoraroq umuman xazrat meni faqat korinishi chiroyga uchmayman negadir konglim tushib ketmayapti..keyin rad javobini berdim yoq deb u bola yana gaplashib olishligini aytdi xop dedim korishdik xammasini ochiqchasiga aytim konglim bomayapti dedim menga juda kop vaadalarni OLLOHNI o‘rtaga qoyib qasam ichib ketti yolg‘iz onasi bilan yashaydi yoshim 28 ga kirdim ammo konglimgdagi dek qiz uchratmadim shu shu ish lab yurdim dedi meni yoqtirib qolganini, umuman onasiga xam turib oldi faqat shu qiz deb onasi, opasi akalari toxtovsiz uyga sovchi bo‘lib kelishyapti lekin men konglim bolmayapti desam xam qoyishmayapti va xatto u bola menga uylanib xajga obboraman va uyda ortiqcha ish xam yo‘q faqat baxtli qilishimga yo‘l bering deb yig‘lab yuboryapti... kimnidir baxti uchun ko‘nglim bo‘lmasa xam turmush quraymi.... faqat ko‘rinishi yoqmadi xazrat menga... yana meni chiroyga o‘ch qiz deb o‘ylamang...nima qilay xazrat maslaxat bering...
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Sizning gapingizga qaraganda shariat bo‘yicha munosib kuyov ekan. Sizdagi holat ham tabiiy. Odatda sizning yoshingizga va holatingizga etgan qizlar oila masalasida juda qo‘rqoq va injiq bo‘lib qoladilar. Agar juda ham hayron bo‘lib, nima qilishni bilmay boshingiz qotsa, istixora namozini o‘qing. Ajab emas, Alloh taolo saodat yo‘liga boshlasa. Sizga oilaviy baxt tilab duodamiz.
27 Май 2022, 03:41 | Савол-жавоблар | 148 | Dolzarb savollar