G‘usl qoidalarini bilmaganman

ASSALOMU ALEYKUM! Olloh yo‘lida qilayotgan ishlariz uchun sizdan Olloh rozi bo‘lsin!Kelin bo‘lganimda 17 yoshda edim. To‘yimizdan keyin 8 oygacha ho‘jeyinim ham man ham g‘usl qilish qoidalarini bilmaganmiz. Ya‘ni faqatgina badanni yuvib,boshni yuvmasdik. Manga yangalarim buni etishmagan yuvinasan diyishgan faqat.lekin obdon tushuntirishmagan.yosh bo‘ganim uchunmi bilmaganman.keyin bir kelindan eshitganman g‘usl qilishni qoidalarini. Bilganimda uje homilador edim. keyin qoidasi bo‘yicha g‘usl qiladigan bo‘ldim. Mani qiynidigan narsa: bolam juda juda injiq,qaysar,etganini qimasek baqirib bosayam o‘zini etganini qildiradi... Man ,g‘usl qilmi harom yurganimizda homilador bo‘pqoganim uchun shunaqa bo‘p tug‘ilganmikin dib o‘yliman... Savolim: g‘usl qilishni o‘rgatishmagani uchun gunohi yangalarimga tushadimi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Yangalardan boshqa, sizlarga tarbiya berishi kerak bo‘lgan shaxslarga ham tushadi. Qolaversa, sizlarning o‘zlaringizga ham. Tavba qilish kerak. Boshqalarga, sizlarga o‘xshab qolmasligi uchun o‘rgatish kerak.

27 Май 2022, 03:53 | Савол-жавоблар | 171 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar