Iltimos to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsating

Assalomu alaykum xurmatli Shayx xazratlari. Avvalo Olloh deyman Ollohga shukronalar aytaman, sizni berayotgan javoblaringiz bilan ozimga katta saboq olyapman. Sizdan yana bir masalada yordam soramoqchi edim. Sababi 1 yildan buyon judayam tushkunlikka tushib qolganman bu xolatdan chiqib keta olishim qiyin bolyapti (balkim bu xolat arzimasdek tuyular lekin tushkunlikdan xech chiqib ketolmayapman).Bir yigit bilan togrirogi kursdoshim bilan ota onalarimiz rizoligi bilan 2 yil davomida gaplashib kelayotgan edik. Xammasi yaxhi edi lekin o‘tgan yil bir gapni bildim: u bola man bilan gaplashishni boshlagan kunlarigacham boshqa qiz bilan gaplashganliklarini va u qiz xam kursdoshimligini bildim. O‘zlaridan bu xaqida sorasam xech qanaqa jiddiy narsa yoq bo‘lgan yoshlikda bekorchilik bogan digan javoblarni berdilar. Lekin oshandan beri xayolim to‘la gumon shubxalar, qandaydir ularni kechira olmaslik, konglimda ularga nisbatan g‘ashlik to‘la.. Bu narsalar borib borib urushlarga olib keldi va xozirgi vaqtda ular bilan munosabatimni uzib qo‘ydim. Shayx xazratlari iltimos to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsating xozir to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatadigan inson bo‘lmasa bu xayollarimga engilib tamom bo‘laman. Ular mani xarqatan yaxshi ko‘radila yaxshi insonlar xozir judayam qiynalvotila kuzlarda to‘yimiz xam bo‘lishi kerak edi lekin bu xayollardan qutula olmasam ikkalamiz xam baxtsiz bo‘lamiz. Ularni kechirmasam yoki bu xayollarimni unutmasam gunoxmi va man shayton vasvasasiga kiryapmanmi, bu borada tutayotgan yo‘lim o‘ylayotgan oylarim gunoxi azimmi? Shayx xazratlari kichkina qizligimdan navro‘z radiosida berilayotgan eshittirishlaringizni xar bittasini yozib olardim va sizga g‘oyibdan mexrim baland. Iltimos manga Olloh rizo bo‘luvchi to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatib maslaxat bering va tutayotgan yo‘lom GUNOX bo‘lsa gunoxligini aytib yo‘l ko‘rsating. Ilohim xar doim Ollohni panoxida yuring bizlarga berayotgan maslaxatlaringiz uchun Ollohdan sizga faqat yaxshilik tilayman. Oldindan raxmat.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Sizning vaziyatingizda gunoh o‘sha yigit bilan avvalgi aloqa o‘rnatishdir. Bunda ota-ona roziligi bilan bo‘ladimi yoki bo‘lmaydimi bari bir. Ikki jinsdagi balog‘atga etgan shaxslarning birga yolg‘iz qolishlarining o‘zi gunoh. Xuddi o‘sha gunohning anglab etmasslik oqibatida muammo chiqqan. Ya’ni, siz bilan “gaplashgan” yigit boshqa bilan ham gaplashgan. Bu vaziyat aksincha bo‘lishi ham mumkin edi. Shuning uchun, barcha yosh yigit va qizlarimiz “gaplashish”ni yig‘ishtirishlari lozim. Oila qurish niyatidagi sovchilikdan so‘ng mahramlar guvohligida gaplashish mumkin.Siz hozir qilishingiz mumkin bo‘lgan narsa haqida quyidagilarni aytish mumkin. To‘y haqida maslahatdan oilalar ham xabardor bo‘lsa, ikkingizning roziligingiz ila ular gapni davom ettirishlari mumkin. Sizlar esa, mahramlar ishtirokida uchrashib, to‘ydan keyin oilada yashab ketaverasizlar. Albatta, o‘tgan ishlarga tavba qilgandan keyin.

27 Май 2022, 03:54 | Савол-жавоблар | 134 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar