Emizishlik haqida

Assalamu alaykum va rohmatullohu va borakatuhu va mag‘firot, ustoz sizga bermoqchi bo‘lgan savolim qo‘yidagidan iborat:Bola tug‘ilgandan so‘ng bolani 2 yil emizish bu Qur’onda buyurilganligini bilardim, lekin bir jumada imom domla bolani 2 yil emizish shartligini va buni Qur’onda ham aytilganligini aytdilar va bu 2 yil xijriy sana bo‘yicha milodiy yil bo‘yicha 2,5 (ikki yarim) yil emizish kerak deb aytib ketdilar lekin tushuntirmadilar. Sizdan iltimos shuni tushuntirib bersangiz, javobingiz uchun oldindan rahmat. Alloh sizdan rozi bo‘lsin.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Bu gap noto‘g‘ri. Bola o‘zi ovqat eb emishni istamasa,emizish shart emas. Hijriy-qamariy yil, shamsiy-melodiy yildan 12 kun kam bo‘ladi. Shunda qanday qilib hijriy ikki yil, melodiy ikki yarim yilga to‘g‘ri kelaji?!

27 Май 2022, 04:08 | Савол-жавоблар | 169 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar