Ayollarning taksida yurishi

Assalomu alaykum fazilatli Shayx Hazratlari.Hazrat kira qilganda yolg‘iz ayolni o‘tkazib manziliga etib qo‘yish mumkin emas ekan. Quyidagi vaziyatlarda mumkinmi? Agar: 1. Mashinada erkak haydovchi va yana 1 ta erkak bo‘lsa yo‘lovchi 1 ta ayol bo‘lsa; 2. Mashinada faqat erkak haydovchi, yo‘lovchi 2 ta ayol bo‘lsa; 3. Mashinada erkak haydovchi va bir nechta erkak kishi bo‘lsa, yo‘lovchi bir nechta ayol bo‘lsa; 4. Mashinada faqat erkak haydovchi bo‘lsa, yo‘lovchi bitta ayol hamda uning voyaga etmagan farzandi bo‘lsa;Hazrat, javobingiz uchun tashakkur.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Hammasida bo‘ladi. Agar voyaga etmagan bola, avratni, uyatni biladigan darajada bo‘lsa.

27 Май 2022, 04:10 | Савол-жавоблар | 141 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar