Agar saf to‘lsa

Hazrat agar namozda birinchi yoki ikkinchi saf to’lgandan so’ng, namozga qo’shilayotgan inson borib biror insonni chap elkasiga qo’lini qo’ygandan keyin o’sha inson orqaga o’tib, yangi jamoatga qo’shilgan inson bilan namozni davom ettiradi, buni bildik. Endi savolim: Agar mana shunday holatda ikkinchi rakatga sajdaga ketilayotgan holatda biror bir inson mana shu holatga jamoatga etib kelsa, unda bir o’zi orqada yolg‘iz iqtido qiladimi yoki ikkinchi rakatdan jamoat turishini kutib turadimi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Agar yangi odamlar kelib qo‘shilishi aniq bo‘lsa, o‘zi iqtido qiladi. Keyin kelganlar uning yoniga saf tortishadi.

27 Май 2022, 04:16 | Савол-жавоблар | 156 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar