Tarixiy voqealar

Hurmatli Ustoz. Alloh Taolo o‘zi kitob o‘qishga muhabbatimizni oshirganidan beri kitoblaringizni o‘qib undagi shariatimiz ko‘rsatmalariga amal qilishga harakat qilib kelmoqdamiz, savollar tug‘ilsa o‘zingizdan so‘rab aniqlashtirmoqdamiz, hozirgi savolim o‘zimni yoshligimdan beri qiziqishim tufayli paydo bo‘ldi, ya‘ni Tarixga juda qiziqaman, ushbu savolni berishga ijozat bergaysiz."Hadis va Hayot" silsilasinig avvalgi juzlarida roviy sahobiy va sahobiyyalar bilan tanishib chiqmoqdamiz, shu tanishuv asnosida ba‘zi sahobiylarni "Siffin" da Ali Roziallohu anhu tarafida bo‘lganlar deyilgan ba‘zilarida Muoviya ibn Abu Sufyon Roziallohu anhu tarafida bolgan deyilgan, shunga "Siffin", "Harra" va "Jamal" voqealari haqida so‘ramoqchi edim va bular haqida qaysi kitoblardan o‘qib o‘rgansak bo‘ladi? Umuman olganda bu voqealar haqida o‘qib o‘rgansa bo‘ladimi?Assalamu alaykum!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Hazrati Ali va hazrati Usmon roziyallohu anhumolar haqidagi juzda ma’lumotlar bor.

27 Май 2022, 04:21 | Савол-жавоблар | 187 | Siyrat va tarix
|
Boshqa savol-javoblar