Dinga da’vat

Assalomu Alaykum shayx xazratlari sizga dinga da‘vat xaqida 3 ta savolim bor edi:1. Men o‘zga dinlar o‘zaro aralashgan joyda ishliman. Yaqinda ishxonada bir do‘stim bn gaplashib turgan edik va yonimizda bir xristian dini vakilasi ham bor edi. To‘satdan do‘stim shunda o‘sha xristian dini vakilasiga sen do‘zaxga tushasan deb qoldi. Agar ishonmasen mana undan so‘ra deb, do‘stim meni ko‘rsatdi. Men do‘stimning bunday, to‘satdan bunday deyishini kutmagan edim va men bilmayman deb suhbatni tark etdim. Men qanday qilib ha sen do‘zaxga tushasan deyman. Da‘vat bunday qilinmaydiku. Meni shu vaziyatda bilib turib yolg‘on gapirganim iymonimga ta‘sir qilmaydimi, ko‘nglim g‘ash, ha aytkancha shundan so‘ng xristian din vakilasi nimaga deb so‘radi va suhbat davom etayotganda men qaytdim, shunda do‘stim Alloh islom dinidan boshqa dinni qabul qilmasligini aytdi, shunda suhbatga yan bir bola qo‘shildi... Natijasi xristian dini vakilasini hafa qilib qo‘yishdi, ko‘nglini og‘ritib qo‘yishdi... balkim shuni o‘ylab men bilmadim degandirman, bilmadim. Bu bn meni iymonimga zarar etmaydimi? 2. Umuman shu vaziatda men qanday yo‘l tutishim keral edi?3 Umuman agar shu kabi aralashgan din vakillari o‘rtasida biz musilmonlar qanday yo‘l tutishimiz kerak. Qiyomatda ular nega menga aytmagansan Islom dini haq ekanligini ,deb bizdan nolishmaydimi. Bizni vazifamiz nimadan iborat ular bn o‘zaro munosabatlarda. Bu haqda dinimiz nima deydi ? Alloh sizdan rozi bo‘lsin.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Muloyim uslub bilan tushuntirish kerak. Siz, bilmayman, deyish o‘rniga buni alohida tushuntirib beraman, deganingizda yaxshi bo‘lar edi. Inshaalloh, iymoningizga ta’siri yo‘q. Ammo xijolatli bo‘ladi.

27 Май 2022, 04:21 | Савол-жавоблар | 165 | Aqiyda
|
Boshqa savol-javoblar