Ota-onam haqiga duo

Hazrat ota-onam haqlariga duo qilib qo‘ying iltimos. O‘zim vodiydanman, Toshkentda ishlayman. Vodiyga ota-onamni ziyoratlariga borganimda kitoblarizdan olib boraman, Alhamdulillah onam namoz o‘qishni boshladilar, kitoblaringizni o‘qib boradilar, kitobga mehrlari shunday oshkanki men ularga etkizib olib borib berolmayapman, Inshaalloh yaqin kunlarda ziyoratlariga ketyapman, yaqinda chiqqan kitoblaringizni sotib oldim, Inshaalloh ota-onamga olib boraman. Lekin otam xali ibodatni boshlaganlari yo‘q, qancha onam ham tushuntirishlariga qaramay paysalga solib bir kun pensiyaga chiqqanda o‘qiyman deyishyapti. Bir kun ikkita o‘rtog‘im uyga mehmonga keldi. Otam, men va orto‘qlarim bilan gaplashib o‘tirganimizda, bir o‘rtog‘im ham shunday gapni aytdi. Keyin men unga: Bilasanmi ko‘pchilik bu dunyoda qarilik yoshiga etishiga va bir kun kelib ibodat qilishiga ishonadi, vaholanki qanchadan qancha go‘daklar, yigitlar borki qarilik nasib qilmasdan bu dunyodan o‘tib ketyapti, qanchadan qancha qarilik nasib qilgan insonlar borki xaliham ibodatni paysalga solayatganlar bor va qanchadan qancha qarilik nasib qilib, ibodat qilayotgan insonlar ham borki, shu ibodatni nega yoshlik yigitlik chog‘imda qilmadim deb afsuslanayotganlari qancha, ularga o‘xshab afsuslanmasdan hozirdan harakat qilish kerak, bizni eng katta aybimiz ertangi kunimizga ishonamiz, hamma narsani ertaga suramiz, Alloh bizdan ertangi kunimizni, ertangi namozni so‘ramaydik - u, bugungi qilgan bugungacha qilgan va qilayotgan amallarimizga javob beramiz, dunyo uch nafasdan iborat, birinchisi olib bo‘lgan nafasimiz, ikkinchisi olishimiz kerak bo‘lgan nafas, lekin biz bilmaymiz shu nafasni olamizmi yoki yo‘q, uchinchisi biz ayni damda olayotgan nafas, mana shu olinayotgan nafasimizda Alloh deb ibodatida bo‘laylik, Inshaalloh, najot topuvchilardan bo‘lamiz dedim. Shunda otamga qaradim ular boshlarini egib, ma‘yus meni eshitayotgandilar, men bundan juda ham ta‘sirlanib ketdim, ko‘zimga yosh keldi, hafa qilib qo‘ymadimmikin deb qo‘rqdim, u yog‘iga davom ettirolmadim, o‘rtoqlarim ham boshqa fikr bildirishmadi. Endi biz tomonlarda nasihatga yaraydigan odamni ham topish qiyin, chunki qishlog‘imiz masjidida namoz o‘qiydigan chollar aroq, nos iste‘mol qiladi, masjidimiz imomi juda yosh, shuning uchun ko‘p chollar garchi namoz o‘qisada uni nasihatini olmaydi. Lekin men Inshaalloh bor imkoniyatim darajasida harakat qilaman, hidoyat Allohdan, ular meni o‘qitishdi, nima to‘gri va nima noto‘g‘riligini ilm olib anglay boshladim, ilm olishimda menga mehribonlik qilgan qadrli insonlarimga ham haqiqiy to‘g‘ri yo‘lni anglashlari uchun harakat qilaman va doim Allohdan so‘rayman. Bu saytning foydalanuvchilarini ko‘p qismini yoshlar tashkil qiladi, o‘zim ham xali yosh bo‘lganim uchun buni xis qilaman va o‘ylaymanki aksariyat insonlarda men kabi bir xil vaziyat. Hazrat ko‘p yozvorganim uchun uzr, chunki bularni sizga yozib ancha taskin topdim, Alloh sizda rozi bo‘lsin!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Alloh ota-onangiz va yaqinlaringizni ko‘pchilik qatori O‘z hidoyatiga boshlasin!

27 Май 2022, 04:25 | Савол-жавоблар | 177 | Duolar
|
Boshqa savol-javoblar