Kur’oni Karimning rus tiliga tarjimasi

Assalomu alaykum muxtaram Shayx xazratlari.Kur’oni Karim ma’nolarining rus tiliga xam bir nechta tarjimasi bor. Ulardan kaysi birini maslaxat bergan bulardingiz? Chunki xorijda rus millatiga mansub odamlar bilan Islom dini xakida baxslashib kolamiz va ular orasida Islomga, Kur’onga kizikib karaydiganlari xam oz emas.Allox Sizdan rozi bulsin.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Bizning tarjimamiz chiqqani yo‘q. Chiqarmoqchi ham emasmiz. Bizning tushunchamiz bo‘yicha bu kabi tarjimalar foyda berishi qiyin. Tafsir bo‘lishi kerak. Biz tafsir doirasida Qur’oni Karim ma’nolarini rus tiliga tarjima qilib qo‘yganmiz Uni “Tafsiri Hilol” tarjimasiga qo‘shib chiqarish rejamiz bor. Hozir “Tafsiri Hilol”ning muqaddimasi va o‘ttizinchi porasi bosmaxonada duo qilib turinglar. Tezda chiqib qoladi.

27 Май 2022, 04:42 | Савол-жавоблар | 168 | Qur’oni karim
|
Boshqa savol-javoblar