Samarqanddagi ziyoratgoh haqida

Assalomu alaykum, Shayx hazratlari. Yaqinda Samarqandda hizmat safarida bo‘lganimizda, bizni kutib olgan mezbonlar bizni «Doniyor Payg‘ambar» qabrini ziyorat qilgani olib boramiz deyishdi. Birinchi bor eshitganimiz uchun va aniq bir ma’lumotga ega bo‘lmaganimiz uchun borishdan bosh tortdik. Bilishimizcha, Qur’onda zikri keltirilgan payg‘ambarlar orasida bu ism yo‘q. Odamlar orasida har hil mishmishlarga saba bu hodisaga turlicha sharh berilmoqda. Ilmimiz ojizlik qilgani uchun, bu hodisaga biror bir izoh bermadik. Shu haqda o‘z fikringizni bildirsangiz. Rahmat. Alloh rozi bo‘lsin.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Bu nomdagi nabiy bo‘lganlar. Ammo Samarqanddagi qabr u kishiniki emas.

27 Май 2022, 05:02 | Савол-жавоблар | 167 | Aqiyda
|
Boshqa savol-javoblar