Chet ellik qizga uylanish
Assalomu alaykum Shayx hazratlari!Meni bitta savol qiynayapti, iltimos shunga yordam bersangiz! Men hozir chet-eldaman (Xitoyda), men shu erlik muslima qizga uylanishni niyat qildim. Va bunga u qiz ham rozi. Biz u bilan deyarlik uchrashmaymiz, uchrashsak ham oldimizda har-doim bitta yoki ikkita guvoh buladi. Faqat kunduz kunlari uchrashamiz. Faqat bitta muammo meni ota-onam bu erga sovchi bo‘lib kela olmaydi. Shu vaziyatda men qanday yo‘l tutishim mumkun. Uni uyiga men o‘zim borsam buladimi, qizning roziligini olishga!Savollar:1) Bu qilayotganimiz (uchrashishlarimiz) dinimizga to‘g‘ri keladimi?2) Sovchilik masalasida nima qilishim kerak?Javobingiz uchun oldindan rahmat!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
1. Siz aytgandek bo‘lsa, to‘g‘ri keladi.2. O‘zingiz qilsangiz, bo‘ladi. Ota-onaningiz xabardormi? Ulardan ruxsat so‘rang.
27 Май 2022, 05:02 | Савол-жавоблар | 182 | Oila va turmush