Bedavo dard xakida

Assalomu Aleykum shayx xazrat sizdan suramokchi bulgan narsam bedavo kasalliklar tugrisida . 1. Bedavo kasallikka chalingan odam buldi ajali etdi diganimi eki Alloxdan shifo surasa shifo berishi mumkunmi ? 2. Mani Alloxni kudratiga shubxam yuk man tushunmaetgan narsa Allox bedavo kasalliklarni yaratishdan maksad nimaligini tushunmayapman. Umuman shariatimizda bedavo kasallikka kanday karaladi. Paygambarimiz s.a.v davolanila zero Allox xech kaysi dardni bedavo yaratmagan degan ekanla . Agar davolatishga imkoni bulmasa fakat duo Bilan davolansa buladimi? 3. Shu vaktgacha birontayam bedavo dardga chalingan odamni shifo topganini eshtmagan ekanman Shundok kasallarni (Fakat duo bilan) shifo topganini guvoxi bulganmisiz ? 4. Shayx xazrat bu savollarni berishimdan maksad onam xozir shunaka kasalikka chalinganla, doktorlani aytishicha davolasa bular ekan, lekin muolajasi judayam kimmat ekan ungayam kafolat yuk ekan. Nima kilishimni bilmiman umdsizlikka tushib kolganman xaet man uchun umuman ma’nosini yukotib kuygan shunga karamiy Alloxdan ertayu kech onamni shifo topishlarini surab duo kilyapman manga nasixat kilsangiz !5. Shayx xazrat sizdan iltimos Allox sizdan rozi busin iltimos onamni shifo topishlarini Alloxdan surab duo kilsangiz !
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
1. Mumkin.2. - Hadisni bilib turib nimaga bedavo kasal demoqdasiz.3. - Siz eshitmagan narsa yo‘q bo‘lmaydi. Sizdan boshqalar ko‘rgan, eshitgan.4. - Nomid shayton. Allohdan yordam so‘rab duoda bo‘linglar.5. Alloh barcha bemorlar qatori onangizga g‘oybdan shifo bersin!

27 Май 2022, 05:35 | Савол-жавоблар | 170 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar