Ayollarni diniy masalalari

Bismillaxir roxmanir roxim.Assalomu alaykum Xazrat,man sizga birinchi marta savol bilan murojat qilmoqdaman agar savollarimda xato va kamchiliklar bo‘lsa oldindan sizdan uzur so‘rayman.1)Savol.Masalan ayollar biror to‘y yoki yig‘inda bo‘lishsayu shu paytda namoz vaqti kirsa va xammani birdek namoz o‘qishiga joy masalasida sharoit bo‘lmasa qanday yo‘l tutish kerak namoz o‘qish uchun.Savolni berishimga sabab bo‘lgan voqiani sizga aytib bersam.Biz bir yig‘inda namoz o‘qimoqchi bo‘ldik ayollar ko‘p shom namozi edi ammo namozni xamma birdek o‘qishi uchun joy torlik qildi,bir maxal ayollar joynomozni solib oldin keyin turib namoz o‘qishdi man esa ular o‘qib bo‘lishgandan keyin namoz o‘qidim,ularga bunday o‘qishinglar to‘g‘rimas dedim sababi ular erkak kishilarga o‘xshab oldin orqa bo‘lib o‘qishdi ammo ularni imomlari yo‘q.Mani yuragimni g‘ash qilgan narsa shuki oldingi qatordagi ayollar namozlarini o‘qib bo‘lib turib ketishdi shu paytda xali orqalarida turganlar namozlarini tugatishmagan edi,bunaqa xol ko‘p joylarda bo‘ladi.Aytingchi Xazrat shunday xolatda bo‘lganda biz ayollar qanday namoz o‘qishimmiz kerak.Bir birimmizni kutib turmoqchi bo‘lsagu namoz vaqti chiqib qolish extimoli bo‘lsachi,sizdan iltimos savolimga kengroq javob bersangiz sababi man qisqa bo‘lsa tushunishim qiyin bo‘ladi.2)Savol. Ayol kishini ikkita xayz orasidagi poklik vaqtini miqdori qancha yani necha kun.Masalan ayol kishi oyning 1chislosida xayz ko‘rgan bo‘lsayu xayz ko‘rish kunlarining muddati 6kun bo‘lsa(1-chislodan 7-chislogacha).Endi ayol 7-chisloda g‘usul qilib namozini boshladi va malum vaqt namoz o‘qib yurdi shu oyning 22-chislosida yana xayz ko‘rdi bunday xolda ayol xayz xolatida bo‘ladimi. Ayol kishi g‘usulni ertalab qilgan bo‘lsa yani bomdodni o‘qimadi deylik peshin naozigacha qilsa namozni peshindan o‘qiydimi yoki shu kuni o‘qimay kutib turib ertasiga bomdoddan o‘qiydimi,agar (asir,shomga)ulgursachi yoki xuftonga.Sizga o‘rinsiz savol bergan bo‘lsam uzur. 3)Savol. Xazrat man bir ayoldan eshittimki Jannatda oltin kursilar bo‘larmish va ular doimo bo‘sh turarkan unga ega bo‘lish uchun dunyoda yaxshi qaynona bo‘lish kerak ekan, shu xadis rostan xam bormi. Savolim o‘rinsiz bo‘lsa oldindan uzur so‘rayman. 4)Savol. Man bir domlani ma’ruzalarida eshittimki xar bir musulmon o‘zini dinini ximoya qiladigan darajada ilimga ega bo‘lishi kerak dedilar, aytingchi oddiy bir musulmonga qanchalik darajada ilim olish kerak va qancha ilimni olsa dinini ximoya qiladigan darajada bo‘ladi. 5)Savol.Xazrat man (islomuz)saytidan paypoqqa masx tortmaslik kerakligini o‘qidim va o‘zimga kerakli bilimni olidim buning uchun sizga raxmat.Endi aytingchi oddiy paypoqqa masx tortgan imomni orqasida namoz o‘qisa namoza qabul bo‘ladimi,imomni paypoqqa masx torganini bilib turgan xolatdayam,savolni javobi manga tegishlikmasdur ammo 17yosh o‘g‘lim bor shunga tegishlikda,shunday xolat bo‘lganda o‘g‘lim qanday yo‘l tunsin. Javoblaringiz uchun oldindan katta raxman.Olloh Sizni va biz musulmonlarni xammamizni o‘z ximoyasida saqlasin,baxtimmizga umringiz uzoq martabangiz bundada baland bo‘lsin,duoingizda oilammizni va ota-onamniyam unutmang ustoz xurman bilan Zamira.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
1. Ayollar namoz o‘qiyotganlarning oldidan o‘tishdan boshqasini to‘g‘ri qilishgan.2. - Poklikning ozi n besh kun. Qaysi namozning vaqtida poklansa o‘shandan o‘qishni boshlaydi.3. Bunday hadis borligini bilmayman.4. O‘zi bajarishi lozim bo‘lgan ibodat va ishlarni bilib olish har bir shaxsga farzdir. Buni farzi ayn deyiladi.5. Unday imomning ortidan namoz o‘qib bo‘lmaydi.

27 Май 2022, 05:37 | Савол-жавоблар | 171 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar